TGViewer
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 @pslog · 246 subscribers
Post #1102 554
​​Ibratli hikoya: Shoh va uning to’rt rafiqasi

Qadim
zamonlarda to’rt rafiqasi bo’lgan hukmdor o’tgan ekan. Kunlardan bir kuni shoh xastalikka chalinib, o’lim to’shagiga mixlanib qolibdi. Kelgusi hayotda yolg’iz qolishdan qo’rqib, uning eng sevikli, zeb-u ziynatlar va hashamatli liboslar sotib olib bergan yorini yoniga chorlab, undan so’rabdi, “Olamni birgalikda tark etib, kelgusi hayotda men bilan birga bo’lishni istaysanmi?”. U esa, “Afsusdaman, lekin bunday qila olmayman.” debti-yu, shohni tark etibdi. U uchinchi rafiqasini ham juda sevar, hamisha qo’shni qirolliklarga ko’z-ko’z qilib maqtar ekan. Shu tariqa, u uchinchi rafiqasini huzuriga chorlab, “Kelgusi hayotga men bilan birga borasanmi?” degan savolini beribdi. Uchinchi rafiqasi esa, “Afsuslar bo’lsinki, hayotimni chunonan sevaman, siz bilan birga bora olmayman, siz vafot etganingizdan so’ng esa qayta turmushga chiqmoqchiman, debdi.

Shohning ikkinchi rafiqasi uning og’ir kunlarida yelkadosh bo’lgan ekan, shu sababli undan “Dunyoni birga tark etamizmi?” deb so’rabdi. Ikkinchi xotini, “Kechiring, bu safar sizga yordam bera olmayman, ammo dafn marosimingizni o’zim o’tkazishim, unga bosh-qosh bo’lishim mumkin,” debdi. Shu payt qayoqdandir shunday nido kelibdi, “Siz bilan ketishga roziman, u yer narigi dunyo bo’lsa ham, boraveraman,”. Shoh o’girilib qarasa, uning qoshida birinchi rafiqasi turganmish. Ammo shoh bu rafiqasiga unchalik g’amxo’rlik ko’rsatmagan ekan, qilmishidan uyalib shunday debdi, “Meni kechir, senga ko’proq g’amxo’rlik qilishim kerak edi va tirikligimda ko’proq e’tibor berishim kerak edi.”

Qissadan hissa shuki, barchamizning to’rtta rafiqamiz bor. To’rtinchi rafiqamiz, u bizning tanamiz. Uni zeb-u ziynatlar, chiroyli liboslar bilan bezashni yoqtiramiz. Ammo u kelgusi hayotda biz bilan birga bo’la olmaydi. Uchinchi xotin, u bizning mol-dunyomizga ishora qilmoqda, biz boylik yig’ishga ko’p vaqt sarflaymiz, ammo ular bizning ortimizdan kelgusi hayotga bora olmaydi, ular boshqalarga tortiq qilinadi va ulashib yuboriladi. Xuddi uchinchi rafiqa qayta turmush qurmoqchi bo’lganini aytgani singari. Ikkinchi rafiqa esa, ular bizning oilamiz, do’stlarimiz. Ularga ishonamiz, ular biz bilan yaxshi-yomon kunlarimizda birga bo’lishadi, ammo uzog’i bilan, ular bizning dafn marosimimizgacha borishlari va bizni kuzatib qo’yishlari mumkin. Bizning birinchi rafiqamiz, u bizning qalbimiz timsoli, odatda qalbimizga g’amxo’rlik qilishni unutib qo’yamiz. Aynan u, biz bilan kelgusi hayotga birga boradi.

Tanangizga g’amxo’rlik qiling, uni sog’lom tuting, boyliklaringiz va ularning rohat-farog’atidan baxra oling, oilangiz va do’stlaringiz berayotgan mehr-u muhabbat uchun ularni ardoqlang. Ammo qalbingizga g’amxo’rlik qilishni unutmang, uni boyiting. Yolg’izlikka, ibodatga vaqt ajrating, meditatsiya bilan shug’ullanishga vaqt ajrating. negaki qalb — butun hayotimiz mazmuni va u bizning sodiq do’stimiz.
Ushbu hikoya sizga yoki siz sevgan qaysidir insonga yordam berdi, degan umiddaman.

@pslog
More from @pslog
  1. Oct 9, 2026Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung o‘z nazariyalarini o‘zbek xalq maqollari orqali if…
  2. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak… Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yax…
  3. Sep 25, 2026“Nega menda shunaqa boʻlyapti?” “Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” “Menga qachon o'r…
  4. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq “…
  5. Sep 13, 2026“Ozorlama shirin joningni” Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  6. Sep 13, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →