β€΄οΈ Har qanday sohaning yetakchisi bo'lish sizdan uzoq vaqt va urunishni talab etadi.
Odatda insonlar o'ylaganlaridan ko'ra ko'proq vaqt talab etgan narsalardan shashti so'nib qoladi. O'sha onlarda yodda saqlash kerak bo'lgan bir jihat shuki, o'zingiz bo'lishni istayotgan shaxs darajasiga yetgan insonlar to'g'risidagina fikr yuruting, buni ko'pchilik uddalay olmaydi. Ular boshqa omadi chopmagan insonlarga qarab, hatto ishga kirishmasdan avval ularning tajribasiga tayanadilar. Har qanday muvaffaqiyatli shaxsga nazar solsangiz, ularning barchasida bir umumiy jihatni payqaysiz. Ular o'z hunarini o'rganish va to'la egallash uchun ajratgan vaqtni boshqa hech kimniki bilan qiyoslab bo'lmaydi. Muvaffaqiyatga eltib qo'yadigan lift yo'q; Zinapoya orqali chiqishingiz kerak.
@pslog
Post #1030
164
