▫️
Mirobodda raqamli kelajak sari qadam: “PROWEB” markazida yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi
“Payshanba – yoshlar kuni” doirasida Mirobod tumani hokimi A. Sayfutdinov, tuman prokurori B. Abdullayev hamda tuman IIO FMB boshlig‘i U. Nasriddinov tumanda faoliyat yuritayotgan IT sohasiga ixtisoslashgan “Proweb” o‘quv markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida rahbarlar o‘quv markazida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ta’lim jarayonlari hamda yoshlarning axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, markaz tinglovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kelgusidagi maqsadlari, IT sohasidagi loyihalari va tashabbuslari yuzasidan fikr almashildi.
Bugungi kunda yoshlarning zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashi, ayniqsa, raqamli texnologiyalar yo‘nalishida salohiyatini oshirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Tashrif davomida tuman hokimi A. Sayfutdinov tomonidan “Proweb” o‘quv markazi faoliyatini yanada kengaytirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
IT yo‘nalishlari bo‘yicha yangi kurslarni yo‘lga qo‘yishSun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, mobil ilovalar yaratish va data analytics kabi zamonaviy yo‘nalishlarda o‘quv dasturlarini joriy etish taklif qilindi.
Mahalla yoshlarini qamrab olishni kengaytirishTuman mahallalaridagi yoshlarni IT ta’limiga jalb etish maqsadida qisqa muddatli bepul tanishtiruv kurslari va mahorat darslarini tashkil etish tavsiya etildi.
Startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashO‘quv markazi huzurida yosh dasturchilar va dizaynerlar uchun mini-inkubatsiya platformasini tashkil etib, ularning loyihalarini investorlar va IT kompaniyalarga taqdim etish imkoniyatlarini yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Amaliyot va bandlik tizimini kuchaytirishYirik IT kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, tinglovchilar uchun amaliyot o‘tash va keyinchalik ishga joylashish mexanizmlarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishKompyuter texnikalari va internet infratuzilmasini yanada yangilash, qo‘shimcha o‘quv xonalari tashkil etish orqali markaz imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tuman hokimi ushbu tashabbuslar yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi, raqamli iqtisodiyotda faol ishtirok etishi hamda tumanda IT ekotizimini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
|
Facebook |
Instagram|
Youtube |
Web-site|