TGViewer
PROWEB. Курсы современных профессий PROWEB. Курсы современных профессий @proweb · 18.8K subscribers
Post #3859 4.92K

Forwarded from Mirobod tumani hokimligi | Rasmiy kanal

▫️ Mirobodda raqamli kelajak sari qadam: “PROWEB” markazida yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi

“Payshanba – yoshlar kuni”
doirasida Mirobod tumani hokimi A. Sayfutdinov, tuman prokurori B. Abdullayev hamda tuman IIO FMB boshlig‘i U. Nasriddinov tumanda faoliyat yuritayotgan IT sohasiga ixtisoslashgan “Proweb” o‘quv markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida rahbarlar o‘quv markazida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ta’lim jarayonlari hamda yoshlarning axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, markaz tinglovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kelgusidagi maqsadlari, IT sohasidagi loyihalari va tashabbuslari yuzasidan fikr almashildi.

Bugungi kunda yoshlarning zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashi, ayniqsa, raqamli texnologiyalar yo‘nalishida salohiyatini oshirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Tashrif davomida tuman hokimi A. Sayfutdinov tomonidan “Proweb” o‘quv markazi faoliyatini yanada kengaytirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

IT yo‘nalishlari bo‘yicha yangi kurslarni yo‘lga qo‘yish

Sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, mobil ilovalar yaratish va data analytics kabi zamonaviy yo‘nalishlarda o‘quv dasturlarini joriy etish taklif qilindi.

Mahalla yoshlarini qamrab olishni kengaytirish

Tuman mahallalaridagi yoshlarni IT ta’limiga jalb etish maqsadida qisqa muddatli bepul tanishtiruv kurslari va mahorat darslarini tashkil etish tavsiya etildi.

Startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash

O‘quv markazi huzurida yosh dasturchilar va dizaynerlar uchun mini-inkubatsiya platformasini tashkil etib, ularning loyihalarini investorlar va IT kompaniyalarga taqdim etish imkoniyatlarini yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Amaliyot va bandlik tizimini kuchaytirish

Yirik IT kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, tinglovchilar uchun amaliyot o‘tash va keyinchalik ishga joylashish mexanizmlarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish

Kompyuter texnikalari va internet infratuzilmasini yanada yangilash, qo‘shimcha o‘quv xonalari tashkil etish orqali markaz imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tuman hokimi ushbu tashabbuslar yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi, raqamli iqtisodiyotda faol ishtirok etishi hamda tumanda IT ekotizimini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

| Facebook | Instagram| Youtube | Web-site|
  • ❤ 10
  • 👍 5
  • 🔥 5
  • 👏 2
More from @proweb
  1. Sep 28, 2026PROWEB’da Frontend, Python va Data Analitika kurslarini o‘qigan o‘quvchimiz Škoda kompaniy…
  2. Sep 26, 2026Хотите научиться снимать интервью, которые интересно смотреть? 📷 Приглашаем вас на беспла…
  3. Sep 25, 2026🚨 Siz kutgan 2 ta yangi kurs PROWEB’da ochildi! 🔐 Kiberxavfsizlik — kompyuter va interne…
  4. Sep 21, 2026Post #3967
  5. Sep 19, 2026🔥SIZ KUTGAN KURSLARIMIZ OCHILDI! Texnologiya olamida o‘zingiz uchun yangi kasb boshlashni…
  6. Sep 15, 2026Post #3965
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →