Yana ham soddaroq aytsak - qiymati emas qadri baland loyihalardan yaxshi startup chiqadi.
Qiymatni suniy ravishta oshirsa bo'ladi ammo qaripastligicha qolaverishi mumkin.
Masalan xozir har qanday AI agentdan oson vos kechishingiz mumkin. Kompaniyalar ham agar hohlasa bazi narsalardan oson vos kechishi mumkin. Birnecha bor qatnashganman A servis o'rniga B servisni integratsiyasida.
Lekin bazi yechimlar haqiqatdan takrorlanmas va ularning qadri baland. Shunchaki vos kecha olmaysiz.
Masalan
Absint Lubis eda kompaniyalarini birinchi bor eshityabsiz ammo ularning mijoz yoki hamkorlari ro'yxatini qarasangiz hayratga tushasiz ))
Absint - Critical realtime tizimlarni formal verifikatsiya qilish uchun software ishlab chiqadi.
Lubis eda - Harware design digital systems verification related mavzuda model checkerlar va prooflar ustida ishlaydi.
Ha bunday kompaniyalar qilish uchun shu mavzularda shug'ullanadigan odamlarni to'plash kerak, bizda esa xozircha bunaqa odamlar yo'q desa ham bo'ladi. Fikrimcha markaziy osiyoda ham bundaylar juda kam bo'lsa kerak.
Qizig'i ham shunda, xozirda progressiv rivojlanayotgan paytimizda bunday mavzularga yetib borishimiz imkoni baland. Ammo ishni boshlash uchun kerakli hechnima yo'q, venture fondlar bu mavzularni tog'ri baholab pul ajratmasligi ham mumkin. Lekin long termda qarasangiz umuman tesha tegmagan bozor, researchni o'zingiz boshlaysiz, ochiq maqolalardan o'rganib nimadirlar sinab ko'rsangiz bo'ladi. Hohlasangiz aynan bir mavzuda PHD topib keginchalik tezisni startupga aylantirasiz. Lekin shuncha sayi harakatga arziydi agar yaxshi mavzu topilsa. Bozor yo'q degani paydo bo'lmaydi degani emas, talabni siz paydo qilishingiz mumkin. Agar tor sohalarda bo'lsangiz shundoq ham hamma uchun qilmayabsiz yechimni bu esa o'ziga yarasha katta imkoniyat degani.
Masalan formal methods related researchalar ham juda ko'p sohalarga integatsiya qilingan. Ayniqsa xozirda talab juda oshib boryabti, masalan Lean4 degan tilni LLM bilan integatsiya qilib LLMlar bergan outputlarni tekshirishyabti. O'ylaymanki yana boshqa juda ko'p mavzular huddi shunaqa. Ha bular ancha niche sohalar va katta mexnat talab etadi. Lekin natijasi arziydi chunki qadri baland qiymati suniy ravishta oshirilishi qiyinroq.