Karantindan kegin bizda ham startuplar mavzusi aktualasha boshlandi va xozirgi ko'rinishga keldi.
Mani startuplarga qiziqishim ham aynan karantindan kegin tugadi )) Sababi oddiy manga startuper bo'lishdan ko'ra vaqtimni dasturlashda ko'roq tajriba qilish va o'zimga qiziq turli mavzularda research and development qilish qiziq.
Xozir bazilarni ko'ngli aynashi mumkin startup desa )) Lekin juda tor domaindagi startuplar mavzusi bizda unchalik katta axamiyatga ega emas xozircha. Buning sabablari ko'p, masalan akademiya va industry yaxshi integratsiya qilinmagani.
Man startuplardan ko'radigan perespektiva aynan tor sohalarga computingni integratsiya qilish. Masalan kimyo, biologiya, fizika kabi sohalarda ham xisoblashga talablar ko'p bo'lgan mavzularni topsa bo'ladi.
Yoki bo'lmasam aynan IT o'ziga aloqador tor doiradagi mavzular bo'lishi mumkin.
Nega tor sohalar actual deyabman ?
Masalan siz marketplace startup qildingiz. Bu yerda sizni raqobatchilar ko'p lekin potensial mijozlar ham ko'p. Bunday loyihani rivojlantirish uchun juda ko'p marketing va boshqa sotsial harakatlar qilishingiz kerak undan tashqari texnik tomondan ham juda ham tezlik bilan yangiliklar kerak. Bu narsalar sizni doyim birqancha jiddiy tradeofflarga solaveradi. Masalan bunaqa savollar: Marketinga katta pul ajratgan afzalmi yoki texnik infratuzulmaga ?
Tor doiralarda esa doyim ham marketing muhim bo'lmaydi. U yerda asosiy masala research va bazida nazariyani amaliyotga aylantirishdan iborat. Buning uchun manashunday izlanuvchilar bilan networking qilish ham kerak. Hodim topishingiz ham oson emas bazida. Qizig'i sizdaka muammo raqobatchilaringizda ham bor )). Bazi mavzularda ishingiz akademiklarga tushadi. Bunday integratsiyalar ta'limga ham yaxshi boost beradi undan tashqari kimdir shunchaki birovning narsasi yoki konsepsiyasini copy paste qilolmaydi chunki mavzu yetarlicha murakkab bo'ladi.
Post #4039
499
- 🆒 3
- 👏 2
- ❤ 1
- ⚡ 1