O'z tajribamdan tushunyabmanki overhyped narsalardan uzoq turish kerak toki hamma narsa filterlanmaguncha.
Masalan 2014-2018 yillarda nodejs rossa hype bo'lgan edi. Shu bahonada o'rgandim ishga kirdim va 5 yil shu ekotizimda ishladim.
5-yilda nimalarni ko'rdim ?
— Albatta juda katta community, ammo haddan tashqari tarqoq.
— Juda katta ekotizim, ammo sifatsiz. Doyim nimadir broken yoki bir narsa boshqasiga yopishmaydi.
— Nodejs browserdan tashqarida js run qilishda katta qadam edi. Ammo atrofidagi ekotizim tarqoqlanganidan yillar o'tar ekan aniq narsalar qolmadi. Masalan qachondir typeorm trend edi xozirchi ?
— JS hamma joyda ishlashni boshlaganidan kegin turli muammolar chiqa boshladi masalan o'sha mashxur module systemlar...
— Qashshoq ideyalar. Juda ko'p narsalar over duplicated masalan bir muammoni hal etish mumkin bo'lgan ko'p lib topasiz ammo hammasi deyarli birxil va yoqimsiz tomoni broken bo'lishi mumkin.
Sanasa ko'p muammolar.
Nega aynan faqat muammolarni keltiryabman ?
Chunki hype davrida tradeoff qilish doyim ham oson emas. Masalan nodejs boshlaganimda bunaqa narsalarni farqlay oladigan skill ham bo'lmagan edi manda. Sizning shaxsiy tanlovingiz bu sizning tanlov boshqalar force qilishga haqqi yo'q, amo tanqid qilishi mumkin lekin shunda ham tanlov sizniki. Ammo etiborli nuqtasi manashu tanlov sizga rostmana foyda olib kelishi potensialini baholay olsangiz bo'lgani. Masalan biror stackni tanlash tog'ridan tog'ri sizni koryerangiz va mindsetga tasir qiladi. Tog'ri ushbu stackda ishlab pul topasiz ham, ammo dunyoqarashingiz shuni atrofiga quriladi.
Hypedagi muammo ham aynan sizni mindsetni marketing asosida qayta yozish deb tushunsangiz bo'ladi. Bu narsa doyim ham siz uchun foydali bo'lmasligi mumkin. Shu sababli tradeoff qilishda biroz fundamental tomonlardan ham qarash kerak. Masalan yaqin kelajakda bo'ladigan millon row uchun Clickhouse tanlayabsiz ammo bilmaysiz Clickhouse ishlatishni va bilmaysiz yaqin kelajak qachon kelishini. Trendagi X ni o'rganyabsiz ammo siz o'rganib rezultat qilgunizcha trend Y ga o'zgarib ketdi. Siz vaybkodingni tanladingiz ammo vaybkoderlarga talab kamayib technical skill baland odamlar kerak bo'lib qoldi. Siz falon narsani rewrite qildingiz ammo tayinli foyda olmadingiz va shunchaki bor narsani X o'rniga Z bilan yozib qo'ydingiz. Dunyodagi eng tez http framework ishlatasiz lekin databasedagi letency 1minutes. Falon million so’m pulni kurslarga sarflab nimadir o'rgandingiz ammo ishsiz yuribsiz. Hullas o'zingni aldama KARL!
Yeg’lama jigarim sen Lox emassan.
Post #4146
676
- 💯 4
- 🔥 2
- ❤ 1