Manga kelgan xabarlarga ko'ra xozirda relocation job offerlar yana bir muammoga aylangan.
Interviewdan kegin sizni ishga taklif qilishadi, masalan Tailandga. Borishingiz xarajatlarini qoplaydi kompaniya. Hullas relocation paket bo'ladi va uyoqda sizni kutib olishadi. Undan tashqari yuqori oylik ham taklif qilishadi.
Lekin hammasi kutib olishgandan kegin boshlanadi ularni qo'liga tushgandan kegin maxsus lagerlarda scam sektorlarda majburiy ishlatishadi. Uyog'i esa hammaga ma'lum 21-asrdagi qullik. Yuqori oylikga uchib borgan odam shu bilan majburan scammerlik qiladi agar ishlamasa hayotiga tajjovus bilan qo'rqitishadi vaxakazo.
Post #4104
740
- 🔥 6
- 😁 2
- ❤ 1
- 😢 1