Muvaffaqiyat - internetda bu haqida haddan oshiq gapira boshlashgani qiziq-a ?
Ha xozir mediada turli odamlar mavjud va odamlarda haddan oshiq informatsiya qabul qilishi oqibatida kelib chiqayotgan informatsion krizis kuzatilyotgan bo'lishi mumkin.
Ho'sh muvaffaqiyatga buning nima aloqasi bor ?
Juda sodda aytganda trendlar o'zgara boshlagan. Oldinlari bir kompaniyada uzoq ishlash trend bo'lgan bo'lsa. Xozirda esa har yili ish joyini o'zgartirish norma.
Oldinlari ish joylaridan ketish qo'rqinchili bo'lgan bo'lsa xozirda norma. Masalan oylikni oshirishni eng yaxshi yo'li bu ish almashtirish degan gap. Yoki bo'lmasa shunchaki o'zini boshqa tomondan sinab ko'rish.
Bizni generationi dump va dangasaroq qilib ko'rsatishdi. Muvaffaqiyatni esa mexnatga bog'lashdi.
Aslidachi ?
Bugun aralash bir davrada manashu mavzu haqida gaplashdik. Korparativ hayot, loyal bo'lish vaxakazolar.
Bizdan oldingi generation tomonidan berilyotgan commentlarga ko'ra, bizni avlod biroz savodsiz. Bir joyda muqum ishlamaydi, stabilikga harakat qilmaydi.
Bizni generationdan kelgan commentlar esa. Bir joyda muqum ishlash stabilik bergani bilan kelajakga kafolat emas. Bu huddi yetarli argumentlar bo'lmagan javobdan qoniqish kabidir. Bu huddi guideni tushunmasdan unga amal qilishga o'xshaydi biz robot emasmiz.
Bu suxbatlar fonida mediada gapirilyotgan muvaffaqiyat huddiki sodiqlik, loyalikga chorlov bo'lib ko'rina boshladi.
Masala prioritetlarga kelganida esa zoomerlar ikki turga bo'lindi.
1. Koryera.
2. Erkinlik.
Koryerani asosiy prioritet qilganlar pensiya kutishni emas balki qisqaroq vaqt oralig'ida yaxshi daromat qilib keginroq erkin bo'lishni takidladi.
Erkinlikni asosiy prioritet qilganlar shunchaki erkin hayot kechirishni prioritet qilishdi.
Aslida ikkisining ohiri ham bir faqat birinchi guruhdagilar boshida ko'proq tradeofflarga rozi va albatta erkinlik degan so'zni o'zi ham ko'plab contextda kelishi mumkin.
Masuliyatsizlik fonida izohlanyotgan zommerlar harakatlari boshqa gorizontni ham ochib berdi. Ushbu holatdan kelib chiqib kelgan hulosalardan biri: bizni genration o'ziga ko'proq manfa'tli risklarni qila oladi.
Muvaffaqiyat ushbu fonda huddi o'zi istagan narsaga erishishni anglatadi holos. Manashundan kegin muvaffaqiyat natijaning umumiy birlig'iga aylanib qoldi. Bilamizki bir natija uchun doyim ham qattiq mexnat shart emas, bazida katta risk yetarli. Lekin success rate baland bo'lishi uchun faqat mexnat va riskdan boshqa omillar ham mavjud.
Mani hulosam esa:
Bizdan oldingi generationlar belgilangan trendlardan tashqariga chiqishmagan ammo o'yin qoydalari o'zgarganida ular ko'p yoqotishgan.
Bizni generation esa o'yini o'z qoidalari bo'yicha o'ynamoqchi va bu o'yinda ular risk olishdan qo'rishmayabti. Lekin qoliplardan haddan oshiq chiqib ketmaslik uchun bizdan oldingi generation tomonidan nima muhim ekanini belgilashga xarakat qilinmoqda. Agar bizni mindsetda ezoterik narsalar bo'lmasa haddan oshiq ratsional bo'lib ketamiz.
Shu sababli bazida muvaffaqiyat haqida gapirilganda bir odam boshqasiga o'rindiqni bo'shatishni istamagandek tutadi gapiruvchilar.
Post #4091
698
- ⚡ 6
- 🤝 2