IT related narsalar biznesga aylanganishi jadallashganidan kegin boshqa point of viewlar paydo bo'ldi.
Xozir dasturchi bo'lib pul topish uchun ko'p narsa bilish shart emas buni tan olish kerak. Ho'sh nega ?
Masala vaybkodingda ham emas. Hamma narsa yondoshuvga bog'liq. Har qanday sohada biznes qilayotgan odamga detallar doyim ham qiziq emas ular masalaga boshqa nuqtadan qarashadi. Aytaylik falon sofware ishlab chiqish kerak. Xozirgi classic model: Qandaydir jamoalarga bu ishni topshirish yoki jamoa yeg'ish. Biznes progressiv harakatni yoqtiradi shu sababli siz vaybkod qilasizmi, framework ishlatasizmi bular unchalik qiziq emas. Agar loyihada katta load bo'lyotgan bo'lsa buni hal etgani kamroq xarajatli yo'lni tanlashadi. Masalan shunchaki horizontal scale etc...
Bunday progressiyada dasturchilar ham ko'p narsaga ulgurmaydi, technical dept yeg'ilib qolaveradi. Dasturchida esa o'z ustida ishlashi va rivojlanishiga vaqt kamayib boraveradi.
Oyliklarni kelishish uchun rolelar o'ylab topildi junior senior melord vaxakazo. Chunki kamroq xarajat va kattaroq natija kerak biznes uchun. Shu o'rinda bazi dasturchilar ham bilib bilmasdan biznes rayiga qaray boshladilar buning sababi esa shu tendensiyaga follow qilishsa shu trend bo'yicha o'sadilar huddiki yo'l aniqroq ko'rinadi.
Tizimda biror critical muammo chiqsa nima bo'ladi ?
Masalan payment systemlarda turli regulatorlar talablar qo'yadi agar shu talablar bo'yicha noxush nimadirlar sodir bo'lsa eng yomon holatda kompaniya litsenziyasidan ayriladi lekin ko'p holatda jarimalar to'lanadi. Buni nima aloqasi bor deysizmi ?
Biznes kamroq xarajat qilib ko'proq natija qilishi kerak. Ha bazida katta jarimalar arzonroq bo'ladi agar biror narsani bajarishga solishtirilsa. Biznes ham buni biladi shu sababli jarima to'lash afzal deb bilib bazi narsalarga ko'z yumadi. Ammo ushbu ko'z yumulgan narsalar oqibati foydalanuvchilarga tasir qilishi extimoli baland. Ammo juda ko'p holatda foydalanuvchilarga hechnima kompensatsiya qilinmaydi bazida.
Etibor bergan bo'lsangiz xozirda ko'p joyda hard skillardan muhimroq soft skillar deyiladi. Buning sababi nimada ?
Yuqorida biznes rayiga qaraydigan toyifadagi hamkasblar haqida izohladim. Keyingi qismi esa ha biznesga sizni qanchalik tog'ri code yozishingiz muhim emas. Odatda siz yuborgan pull requestni founderlar review qilmaydiku tog'rimi ?
AI pufagi ishsa texnik bilimi yaxshi dasturchilar qadrlanishi mumkin deyotganlar diqqatiga shuni ma'lum qilamanki. Siz kutgandan boshqa senariylar ham bo'lishi mumkin, chunki bozorda yuqori texnik bilim talab qiladigan ishlarni o'zi ancha kam.
Post #4089
737
- 💯 4
- 😨 2
- ✍ 1
- ❤ 1
- 🔥 1