TGViewer
Channel Public Channel
Aziz Mirzayev

Aziz Mirzayev

@pro_aim

Assalomu alaykum.

Men Mirzayev Aziz .Net va AI bo'yicha dasturchiman. Xozirda EPAM korxonasida faoliyat olib boraman.

Bu kanalda hayotimda bo'lib o'tayotgan yangiliklar, fikrlar va hulosalar bn baham ko'raman.

Me --> http://bit.ly/3Ek47E8
Subscribers
931
Photos
735
Videos
81
Links
918

Showing posts older than #738 · Back to latest

Older Posts 9 shown
Post #735 33
Epamdagi unit managerim AIni SDLC da ishlatib KB yasaganlarini aytib beryapti
Post #727 29
Unity + AI chatishtirib runtime buytuq berishni amalga oshiribdi. Gap yoʻq
  • 👍 1
Post #724 29
MCP economy
AI haqidagi hype va yahshi infolarni ulashmoqdalar.
  • 👍 1
Post #722 28

Forwarded from Dr. Algorithm

Gemini 3 - yaxshimi?

Bu hafta yangiliklar ko‘p bo‘ldi. Bitta kunga ham internet to‘xtadi ham yangi Sun’iy Intellekt (SI) taqdim etildi.

Claudeflare’ga chiqqan muammo juda ko‘p saytlarni ishdan chiqardi. Hatto ChatGPT ham ishlamadi. Odamlar ishsiz qoldi :)

Google DeepMind o‘zining ajoyib yurishini qildi. U yangi ishlab chiqqan Gemini 3 SIini taqdim etdi.

⭐️ Gemini 3

Solishtirish va avvaldan tayyorlangan testlardan ko‘ra, dasturchilar uchun ancha aqlli ishlashni boshladi. Ba’zilarini sanab o‘tmoqchiman

Mantiqiy fikrlash

Bilamizki SI juda ko‘p mantiqiy xulosalarga kelganida xato qiladi. Xuddi she’r yodlab olgan yosh bolaga o‘xshaydi. She’r nima haqida ekan desa biladi. Endi har bir qatorini tushuntir desa... miyasi tutilib qoladi.

Gemini 3 da shuni to‘g‘rilashibdi. Mantiqiy fikrlashini ancha oldinga chiqarishibdi.

Multimodallik

Endilikda u matn, tasvir va videoni bir vaqtda tahlil qila oladigan bo‘libdi. Bu ketishda Sezardek ham shaxmat o‘ynab, ham siz bilan suhbatlashib, ham choy icha oladigan bo‘ladi.

Manga yoqqan tomoni, bir-biridan mustaqil rivojlanayotgan SIlarni bir biri bilan ishlay olishi bo‘ldi. Bu nafaqat natijalarni sifatliroq berishga xizmat qiladi, balki sifatsiz ma’lumotlar ko‘payib ketayotganini ham oldini olsa kerak.

Dasturchi

Endi siz g‘oyalaringizni u bilan muhokama qilsangiz bo‘ladi va u sizga arxitektura tuzib beradi. Kod yozadi, testlab beradi. To‘liq dasturni ishlab chiqishda bosqichma bosqich bajara olasiz.

"Dynamic View" va "Visual Layout" imkoniyatlari esa, kod bilan ishlashingiz va natijani ko‘rishingiz uchun qo‘shimcha qulaylik beradi.

Vayb-koderlar uchun bayram!!


API yangilandi

Gemini’ni API orqali ishlatganlar uchun thinking_level va media_resolution parametrlari qo‘shildi. Endi siz mantiqiy fikrlar bilan ishlatishingizda thinking_level yordamida qanchalik chuqur masalaga yondashish kerak ekanini ayta olasiz. media_resolution esa rasm va video kabi ma’lumotlarning sifatini boshqarishga yordam beradi.

Xulosa qilsam

- Kundalik ishlaringizda SI (AI) dan foydalaning
- Dastur yozishda SIsiz ishlamang.
- Yangiliklardan doim xabardor bo‘lish uchun bu kabi postlarni kanallarda kuzatib boring.
- O‘zingizdan oyiga $15-$20 ayamang, u sizda x10 marta ko‘proq foyda olib keladi.

Vayb-koderlar esa o‘zligi bilib-bilib ishlashmoqda...


📚 Qo‘llanma

P.S. Gemini 3 hozirda Google AI studio‘da chiqdi. Ammo men JetBrains ishlatganimda AI Pro'ning ichida Gemini 3 ni qo‘shishganini ko‘rdim. Ancha qulay.

20.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 👍 1
Post #720 36
Kechagi dam ertangi mehnatga hamdam )))
  • 🔥 2
Post #719 42
Anchadan beri bu projectga qo'l tegmagandi.
Bugun qarasam yana shu replica bilan bog'liq muammo.
Endi buni yechimini topish kerak =)
  • 👍 1
  • 🔥 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →