TGViewer
Channel Public Channel
Aziz Mirzayev

Aziz Mirzayev

@pro_aim

Assalomu alaykum.

Men Mirzayev Aziz .Net va AI bo'yicha dasturchiman. Xozirda EPAM korxonasida faoliyat olib boraman.

Bu kanalda hayotimda bo'lib o'tayotgan yangiliklar, fikrlar va hulosalar bn baham ko'raman.

Me --> http://bit.ly/3Ek47E8
Subscribers
937
Photos
700
Videos
77
Links
889

Showing posts older than #1429 · Back to latest

Older Posts 12 shown
Post #1428 405

Forwarded from UzGeeks Community

🚀 Data Fest 2026-ga taklif etamiz!

Microsoft Developers Community Uzbekistan barcha ma’lumotlar olami ixlosmandlarini yilning eng kutilgan tadbirlaridan biri — Data Fest 2026 konferensiyasiga taklif qiladi!

Bu shunchaki tadbir emas, balki Data & BI Analytics yo‘nalishidagi to‘liq bir kunlik texnologik sho‘ng‘ishdir.

💡 Kimlar uchun?
Talabalar, dasturchilar, data-mutaxassislar va texnologiyalarga qiziquvchi har bir inson uchun. Mahalliy Data hamjamiyati bilan bog‘lanish va real keyslarni (use cases) kashf qilish uchun ajoyib imkoniyat!

🔥 Spikerlarimiz haqida:
Sohaning xalqaro darajadagi ekspertlari, jumladan:
• H&M kompaniyasining Microsoft Fabric Lead mutaxassisi
• Dropbox kompaniyasining sobiq Staff Software Engineeri va boshqa yetakchi texnologik liderlar o‘zlarining amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.

📅 Sana: 18-iyul, 2026-yil
🕘 Vaqt: 09:00
📍 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi (Mo‘minov ko‘chasi, 7/2)

Joylar soni cheklangan, shuning uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘tib, o‘z o‘rningizni band qiling!

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: mdcuzbekistan.com/register

Data Fest 2026-da ko‘rishguncha! 👋

#MDCUzbekistan #DataFest2026 #PowerBI #DataAnalytics #BusinessIntelligence
Mdcuzbekistan MDC Uzbekistan Microsoft Developers Community in Uzbekistan is a community of developers who are passionate about Microsoft technologies and want to share their knowledge with others.
  • 👍 1
Post #1427 490
Post #1426 438
Ko'pchilik bu Aziz yaramas nimaga yozmayapti deb o'ziga o'zi savol bergan bo'lsa kerak.
She desangiz proyektimiz Qizil =) Mani o'zi boshimga shunaqa proyektlar bitgan bo'lsa kerak =) EPAMda hamma mazza qilib ishlidi deb o'ylashadi. Kechsi 11 12 qilib o'tirganimiz hech kimga qiziq emas. Uni ustiga har hil o'qish uchun binnimala tayyorlab davay davay db turishadi.
Shunga hafa bo'lmaysizlar bu oy manimcha kamroq yozsam kerak.
  • 🔥 7
  • 👍 1
  • 😁 1
  • 🙈 1
Post #1425 335

Forwarded from Dr. Algorithm

Assalomu alaykum do‘stlar,

Angliyaga ko‘pchilik o‘qish uchun keladi. Lekin ular orasida o‘z mahoratini ko‘rsatib, ishlab-yashab ketish niyatida keladiganlar ham bor. Buning uchun maxsus viza turi bor.

Talant viza - Mahoratli inson vizasi

UzTech UK jamoamizning mehmoni aynan shunday viza sohibi Siroj (Sam) Boboyev.

FinTech sohasida mutaxassis. Fintech Wrap Up media blogini asoschisi (egasi). Talant viza sohibi.

Qanday qilib Talan viza olish mumkinligi, shartlari, bosib o‘tiladigan yo‘l haqida so‘zlab berdilar.

O‘ylaymanki sizga ham qiziq bo‘ladi.

Ishdan keyin dam olib, tomosha qilish uchun mavzu:
📱 https://youtu.be/SEBYI2CY22M?is=GXlAKW2t9rbASib6

02.07.2026 London
@DrAlgorithm
YouTube UK Global Talent Visa | Sam Boboev | UzTech UK Ushbu meetupda Sam Boboev o‘zining fintech sohasidagi tajribasi, Fintech Wrap Up loyihasini yaratish jarayoni, LinkedIn’da kontent yaratish orqali professional brend qurish yo‘li hamda Global Talent Visa olish tajribasi haqida so‘zlab beradi. Suhbat davomida…
  • 👍 3
Post #1424 369

Forwarded from Far·hod·jon

📣 Hiring alert (Summer 2026 Edition)

Anchadan buyon yangi vakansiyalar qo’yilmabdi bu kanalga. SI bizni to’laqonli almashtirishga ulgurmadi 😅

Tandirdan yaqinda va avvalroq chiqqan vakansiyalar quyida:

• Senior Backend Engineer (Java)
• Senior Backend Engineer II (Python)
• Tech Lead Manager

Ikkinchi vakansiya - Senior II. Qiyin muammolarni yechgan, arxitekturani zo’r biladigan, ham vertikal, ham gorizontal ta’sir ko’rsatadigan injener kerak. Senior I va Senior II farqi haqida yozganman.

Bo’lishgan va ulashgan odamlarga cheksiz minnatdorlik!

@farhodjon #superdispatch #hiring
  • 👍 3
Post #1422 366

Forwarded from Risolass | blog🕯

Maktab o’quvchilari uchun foydali ta’lim resurslari

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan maktab o’quvchilari uchun tavsiya etilgan ta’lim resurslari ro’yxati.

Bu yerda IT, ingliz tili, dasturlash, sun’iy intellekt, frilanserlik va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradigan platformalar bor.

O‘quvchilar, ota-onalar va ustozlar uchun kerakli ma’lumot deb o‘yladim. Saqlab qo‘ying, albatta foydasi tegadi))

@risolassblog
  • 🔥 5
  • ⚡ 1
  • 🤝 1
Post #1418 239

Forwarded from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz

#tekin Tekin!

Kompyuteringizda yoki serveringizda modellarni ishga tushirish bo'yicha Saidolim Jo'rayev darslarini youtubega joylabdi.

Ushbu videoda nimalarni o‘rganasiz:
• Local AI nima va u qanday ishlaydi
• AI modellarini kompyuteringizda ishga tushirish usullari
• Ollama va boshqa Local AI vositalari bilan ishlash
• Local va Cloud AI yechimlarini taqqoslash
• Maxfiylik, xarajat va unumdorlik jihatidan afzalliklar
• Local AI'dan kundalik ish va real loyihalarda foydalanish

Agar siz AI'dan internetga bog‘liq bo‘lmagan holda foydalanishni, o‘z ma‘lumotlaringizni maxfiy saqlashni yoki Local AI imkoniyatlarini o‘rganishni istasangiz, ushbu meetup siz uchun foydali bo‘ladi.

Mana

@sardoroga_blog
YouTube AI Dars #10 - Local AI | UzTech UK Local AI yordamida AI modellarini internetga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z kompyuteringizda ishga tushirish maxfiylik, tezlik va xarajatlarni optimallashtirish imkonini beradi. Ushbu videoda Local AI nima ekanligi va Ollama yordamida AI modellarini lokal ishga…
  • 👍 5
  • ❤ 2
Post #1409 402

Forwarded from EDU.DIGITAL.UZ

UzGeeks IT hamjamiyatining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi

😎Uchrashuvda startap qurish va uni mahalliy hamda AQSH bozoriga olib chiqish yuzasidan taqdimotlar boʻlib oʻtdi.

➡️ Quyidagi spikerlar o‘z mavzulari bilan ishtirok etdi:
➡️Orzumurod Parmonov (founder “pDaftar”);
➡️Yashin Boltayev (consultant “Startup Garage”)
➡️Umid Gafurov (founder “tirikchilik.uz, troll.uz”);
➡️Davron Parmonov (partner “AloqaVentures | IT Park Ventures | founder Nexus angel club | M&A advisor”);
➡️Akmal Paiziev (founder “Numeo AI”);
➡️Abdukaxxor Tashmuxamedov (founder “Smartup Holding Limited”);
➡️Makhmudov Mukhammadyusuf (director “Industry Insights”).


✅Taqdimotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

❕Maʼlumot uchun tadbir UzGeeks hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Thinkland tomonidan tashkillashtirildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
  • ❤ 3
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →