Product manager (PM) bo‘lmoqchiman
Agar kimdir mendan PMlikni qanday o‘rgansam bo‘ladi deb so‘rasa, men “o‘zingizni startapingizni qiling” deyman.
4Rize.com loyihasini ham shu sababdan boshlagan edim. Moneff kompaniyasi ichida dizaynerlikdan PMga o‘tish uchun 4Rize men uchun ko‘prik bo‘lgan.
Kompaniyada bitta g‘oyangiz ommaga chiqishi uchun oylar o‘tadi. Sababi kompaniyangiz qanday bo‘lmasin, baribir qog‘ozbozlik va backlog degan tushunchalar bor. O‘zingizning loyihangizda esa xohlagancha xato va eksperimentlarni tez qilasiz, tajriba tez ortadi.
O‘zi PMning ishi – foydalanuvchi ishini yengillashtirish yo‘li bilan biznesga pul olib kelish va shu g‘oya atrofida jamoani birlashtirish.
O‘zingizning loyihangizni qilsangiz, xuddi kompaniyada duch kelgan muammolarga, lekin kichik masshtabda duch kelasiz.
Misol uchun:
- Mijozlardan g‘oyalar kelyapti. Qaysi birini birinchi qilay? Prioritizatsiyani o‘rganasiz.
- Dasturchi ishni to‘g‘ri qilmayapti yoki sekin qilyapti. Jamoa bilan gaplashish, kutilmalarni aniqlashtirish va PRD yozishni o‘rganasiz.
- Sotuv yaxshi ketmayapti. GTM strategiya degan narsalarni o‘rganasiz.
- Foydalanuvchi mahsulotda nima qilyapti? Data analitikani kovlaysiz.
- Pul qolmadi, lekin foydalanuvchi kerak. “Growth hacking” yo‘llarini qidirasiz.
Shunaqa gaplar, do‘stlarim. Kuningiz xayrli o‘tsin.
-------
@farkhod_com
Post #997
338
Forwarded from Farkhod - AI PM
- 👍 3