referme.uz - tavsiya orqali ishga kirishga yordam beradigan platforma.
Menga ko'p kompaniyalar dasturchi so'rab chiqishadi. Oxirgi paytlarda bu oqim kengayib kattalashib ketdi. Shuni tizimlashtirish maqsadida shaxsan o'zim uchun kichik tizim qilib qo'ydim. Bu startup ham emas, yoki biznes ham.
Shu paytgacha tanish-bilish (kompaniya + dasturchilar) yig'ish oson bo'lmadi. Endi kopeykaga bo'lsa ham hizmatimni sotmoqchiman. Chunki ko'p resursimni olib qo'yyapti. Bu foyda uchun emas, shunchaki sarflagan vaqtim evaziga haq. Odatda kompaniyalarga dasturchilarni referral qilish orqali kompaniyadan pul olish mumkin. Ammo men bu safar men nomzodlardan olmoqchiman (juniorlardan tashqari). Chunki, avval ishchi topish muammo edi, endi ish topish ham avvalgidek oson emas deb o'ylayman.
Sizni kompaniyaga referral qilib technical interview gacha olib boraman, Resume'ni ham review qilib berishim mumkin. Balki, vaqtga qarab mock-interview ham tashkil etib berishim mumkin mutaxassislar bilan birgalikda.
Nomzod uchun apply qilish imkoniyati bor xolos. Hali shaxsiy profilni yuritish imkoniyati yo'q.
Agarda siz ham dasturchi izlayotgan bo'lsangiz, kommentda dalolat qiling, ishchi topishga yordam berishim mumkin.
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Post #980
339
