🏆 O‘zbekiston — robototexnika bo‘yicha jahon chempioni!
🇰🇷Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 200 ga yaqin davlat vakillari ishtirokida o‘tayotgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🥇3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mutlaq chempionlikka erishdi.
Yosh muhandislarimiz 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa har yili FIRST Global tashkiloti tomonidan o’tkaziladigan robototexnika olimpiadasi hisoblanadi. Unda turli mamlakatlardan kelgan yuqori sinf o’quvchilari (14-18 yoshli) tanlab olingan muayyan global muammoning muhandislik yechimi ustida bosh qotirishadi.
Masalan, bu yilgi musobaqa o’rmon yong’inlarining oldini olish, oqibatlarini yumshatish hamda tabiatni qayta tiklash muammosiga bag’ishlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Post #1732
234


