⚡️Ozodbek Nazarbekov ilk ustozini ko'rib, ko'z yoshlarini tiyib turolmadi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Do‘stlar davrasida” ko‘rsatuvining ustozlarga bag‘ishlangan maxsus sonida ishtirok etdi.
Ko‘rsatuv davomida unga maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars bergan ilk muallimi bilan kutilmagan uchrashuv tashkil etildi.
Maktabni bitirayotganida: “Bolam, Toshkentga ketgin, seni butun O‘zbekiston eshitadi. Hammaning yaxshi kunlarida xizmat qilasan”, degan tavsiyasini olgan.
Yillar o‘tib, bu so‘zlar o‘z qadrini topdi. Bugun ham Ozodbek Nazarbekov Shahrixonga har borganida ustozini yo‘qlab boradi.
🔹Telegram 🔹Instagram
Post #6349
878
- ❤ 6
- 👍 5
- 🔥 3