✏️Aziz va mehribon ustozlar bayramingiz muborak bo‘lsin!
Inson hayotida ustozning o‘rni beqiyos. Chunki ustoz bizga nafaqat bilim beradi, balki hayot yo‘lida qanday inson bo‘lishni, o‘z oldimizga maqsad qo‘yishni va unga intilishni o‘rgatadi.
Men ham bugun erishgan har bir yutug‘imda menga bilim bergan, yo‘l ko‘rsatgan ustozlarimning mehnati beqiyos. Ularning bergan saboqlari va nasihatlari yillar o‘tgan sari yanada qadrli bo‘lib boraveradi.
Avvalo, barchamizning eng birinchi ustozimiz bo‘lgan ota-onalarimizga chuqur minnatdorligimni bildiraman. Ular bizga ilk harfni, ilk so‘zni, eng muhimi, inson bo‘lishni o‘rgatgan.
Bugun yoshlarimizning katta marralarni zabt etayotganini, dunyoning turli maydonlarida O‘zbekiston nomini munosib namoyon etayotganini ko‘rib, bundan faxrlanaman. Bunda, albatta, ularning ustozlari bergan bilim va tarbiyaning o‘rni katta.
💐Yana bir bor, bayramingiz muborak boʻlsin. Doim obroʻyingiz osmondek baland boʻlsin.
Hurmat bilan,
O‘sarov Sirojiddin Baxriddinovich
🔹Telegram 🔹Instagram
Post #6342
1.23K

- 👍 5
- ❤ 2