🌳 Qumariq mahallasida yangi ekologik dam olish maskani yaratilmoqda
🌲 Aholi qulayligi, ekologik tozalik va xavfsizlik — shahar siyosatining muhim tamoyillaridir. Obodonlashtirish ishlari qulay jamoat maskanlarini vujudga keltirishi va shahar muhitini yaxshilashi lozim. Shu bilan birga, daraxtlarni saqlab qolish, ekologik talablar va qonunlarga rioya etish — ishlarning har bir bosqichidagi majburiy shartdir.
🏞 Avval xabar berganimizdek, Toshkentning barcha tumanlarida sun’iy ko‘llar barpo etish boshlandi. Ana shunday loyihalardan biri Sergeli tumanining Qumariq mahallasida amalga oshirilmoqda.
🪟Hududning umumiy maydoni 5 gektarni tashkil etadi. Sun’iy suv havzasi esa 17 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Qolgan hududda bolalar maydonchalari, shiyponlar va barbekyu zonalari joylashadi. Loyiha doirasida quyosh panellari hamda suvni tozalash va ozonlash tizimlarini o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan.
📈Geologik tadqiqotlar ushbu yer maydoni loyihani amalga oshirishga mos kelishini tasdiqladi. Bugungi kunga qadar asosiy ishlarning 30 foizdan ortig‘i bajarildi. Hozirda konstruksiyani armaturalash va mustahkamlash, shuningdek, tirgak devorini hosil qilish ishlari olib borilmoqda. Noyabr oyiga qadar devorning 800 metrga yaqin qismini bitirish va suv havzasi tubidan tuproqni to‘liq chiqarib ketish rejalashtirilgan. Butun obyekt qurilishini esa yil oxirigacha yakunlash mo‘ljallanmoqda.
▫️Suv havzasi changni kamaytirish, havoni namlantirish va atrof-muhitda yanada qulay mikroiqlimni shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Bu yerda aholi dam olishi, sayr qilishi va sport bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi.
✔️Ishlar doimiy nazorat ostida olib borilmoqda, aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida, joyida bartaraf etilmoqda. Loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida aholi qulayligi, ekologik talablar va qonunchilikka rioya etilishi ta’minlanmoqda.
⸻
🌳 В махалле Кумарык создают новое экологичное пространство для отдыха
🌲 Комфорт жителей, экологичность и безопасность — важные принципы городской политики. Благоустройство должно создавать доступные общественные пространства и улучшать городскую среду. При этом сохранение деревьев, соблюдение экологических требований и закона — обязательные условия на каждом этапе работ.
🏞 Как мы ранее сообщали, в Ташкенте началось создание искусственных озёр во всех районах столицы. Один из таких проектов реализуется в махалле Кумарык Сергелийского района.
🪟Общая площадь территории составит 5 гектаров. Искусственный водоём займёт 17 тысяч квадратных метров. На остальной территории предусмотрены детские площадки, беседки и зоны барбекю. Проект также предусматривает установку солнечных панелей и систем фильтрации и озонирования воды.
📈Геологические исследования подтвердили, что участок подходит для реализации проекта. На сегодняшний день выполнено более 30 процентов основных работ. Сейчас ведутся работы по армированию и усилению конструкции, а также формированию подпорной стены. До ноября планируется завершить около 800 метров стены и полностью вывезти грунт из чаши водоёма. Строительство всего объекта рассчитывают завершить до конца года.
▫️Ожидается, что водоём будет способствовать снижению запылённости, увлажнению воздуха и формированию более комфортного микроклимата на прилегающей территории. Здесь жители смогут отдыхать, гулять и заниматься спортом.
✔️Работы находятся под постоянным контролем, выявляемые недочёты оперативно устраняются на месте. Комфорт жителей, соблюдение экологических требований и законодательства обеспечиваются на всех этапах реализации проекта.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Post #53592
6.17K