TGViewer
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati @poytaxt_uz · 25.4K subscribers
Post #53563 5.63K
🇺🇿TAYINLOV

🇺🇿 Yusupov Doniyor Mukumdjanovich Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▫️D. Yusupov oliy ma’lumotli. Toshkent avtomobil yo‘llari institutining bakalavriat va magistratura bosqichlarini avtomobil yo‘llari va inshootlari qurilishi hamda avtomobil yo‘llari va aerodromlar mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.

✔️Mehnat faoliyati davomida Toshkent shahar yo‘l qurilish va ta’mirlash tresti, Respublika yo‘l jamg‘armasi, avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi, Toshkent shahar mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati hamda Yunusobod tumani hokimligida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

🟢Tayinlovga qadar Yunusobod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

⸻

🇺🇿НАЗНАЧЕНИЕ

🇺🇿 Юсупов Дониёр Мукумджанович назначен заместителем хокима города Ташкента — начальником Управления по эксплуатации городских каналов и благоустройству прилегающих к ним территорий.

▫️Д. Юсупов имеет высшее образование. Окончил бакалавриат и магистратуру Ташкентского автомобильно-дорожного института по специальностям, связанным со строительством автомобильных дорог и сооружений, а также автомобильными дорогами и аэродромами.

✔️В разные годы занимал ответственные должности в Ташкентском городском тресте дорожного строительства и ремонта, Республиканском дорожном фонде, Дирекции по строительству и реконструкции автомобильных дорог общего пользования, Службе заказчика по региональным дорогам города Ташкента и хокимияте Юнусабадского района.

🟢До назначения работал заместителем хокима Юнусабадского района по вопросам строительства, создания безбарьерной среды, развития коммуникаций, экологии и озеленения.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
  • 👍 4
  • ❤ 3
More from @poytaxt_uz
  1. Oct 13, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti…
  2. Oct 13, 2026Joriy yilning 13-oktabr kuni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shaxnoza Sultanovaning Tos…
  3. Oct 13, 2026🇺🇿 Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi 🇺🇿 Bugun Xalq qabulxonasida Toshkent…
  4. Oct 13, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Yangi Toshkent zamonaviy biznes, ta’lim, tibbiyot, turizm v…
  5. Oct 13, 2026🇺🇿Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi, Respublika Ma‘naviyat va…
  6. Oct 13, 2026#Maxsus_reportaj | 10.10.2026 Ko'p qavatli uylarni boshqarishda yangicha yondashuvlar mtrk…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →