TGViewer
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati @poytaxt_uz · 25.5K subscribers
Post #41897 8.9K
🚴O‘zbekistonda Shaxsiy harakatlanish vositalari va velosipedlar operatorlari uyushmasi tashkil etildi

🚲 O‘zbekiston Respublikasida "Shaxsiy harakatlanish vositalari va velosipedlar operatorlari uyushmasi" – mikromobillik va velosiped infratuzilmasi kompaniyalarini birlashtiruvchi notijorat sohaviy platforma ta’sis etildi.

🛡Uyushma bozor ishtirokchilarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yagona qoidalarni ishlab chiqish, davlat organlari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, barqaror shahar transporti sohasida tajriba almashish va innovatsiyalarni joriy etish maqsadida tashkil etilgan.

🚲 Uyushmaning ta’sischilari "Bolt Mobility Services" MCHJ, "Transport-Share" MCHJ va "Qwatt Bikes" MCHJ hisoblanadi.

📝Uyushma faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• bozor ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda davlat bilan muloqotda ularning nuqtai nazarini ifodalash;
• xavfsizlik va xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha tarmoq standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
• tegishli vazirliklar va mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish;
• innovatsiyalar va texnologik modernizatsiyani qo‘llab-quvvatlash, ma’lumotlar va tajriba almashish;
• bozorni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, kasbiy tadbirlarni tashkil etish.


🍔Ta’sis yig‘ilishidan so‘ng ko‘p o‘tmay, Uyushma vakillari "Toshkent Invest Kompaniyasi" AJ bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Unda kikshering operatorlarini muvofiqlashtirish, tahliliy ma’lumotlar almashish va biznes hamda davlat tuzilmalari bilan birgalikda amaliy masalalarni tezkor hal etish uchun doimiy ishchi maydoncha yaratish masalalari muhokama qilindi.

⸻

🚴 В Узбекистане создана Ассоциация операторов средств индивидуального передвижения и велосипедов

🚲В Республике Узбекистан учреждена «Ассоциация операторов средств индивидуального передвижения и велосипедов» — некоммерческая отраслeвая платформа, объединяющая компании микромобильности и велоинфраструктуры.

🛡Ассоциация создана для защиты законных интересов участников рынка, выработки единых правил, системной координации с государственными органами, обмена экспертизой и продвижения инноваций в сфере устойчивого городского транспорта.

🚲Учредителями Ассоциации выступили ООО Bolt Mobility Services, ООО Transport-Share и ООО Qwatt Bikes.

📝Основные приоритеты работы Ассоциации:
• защита прав и интересов участников рынка и представление их позиции в диалоге с государством;
• разработка и продвижение отраслевых стандартов безопасности и качества сервиса;
• координация взаимодействия с профильными министерствами и муниципалитетами;
• поддержка инноваций и технологической модернизации, обмен данными и экспертизой;
• развитие рынка, привлечение инвестиций, организация профессиональных мероприятий.


🍔Вскоре после учредительного собрания представители Ассоциации провели встречу с АО Toshkent Invest Kompaniyasi, где обсудили создание постоянной рабочей площадки для координации операторов кикшеринга, обмена аналитикой и оперативного решения практических вопросов совместно с бизнесом и государственными структурами.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
  • 😁 33
  • 🥴 9
  • 👍 5
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @poytaxt_uz
  1. Oct 10, 2026⚡️ YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYALAR HOLATI O‘RGANILDI Toshkent shahrida elektr ta’minoti…
  2. Oct 10, 2026Avazadagi sammitlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning keng mintaqamiz tinch, xavfsiz, iqtis…
  3. Oct 10, 2026🇺🇿 🇺🇿 Xayrli tong, ona shahrim! — 🇺🇿 🇺🇿 Доброе утро, родной Ташкент! YouTube | Fac…
  4. Oct 9, 2026#Sessiya_oldi_organish #24_ta_tavsiyaviy_savol #19_1_Modda_ijrosi ✍️✍️✍️✍️✍️ 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →