🧠#BOSH_QOTIRMA
❓XX asrning boshlarida Amerikaning moliyaviy inqirozni boshidan kechirayotgan va bankrotlik yoqasida turgan bir ilmiy jurnali rahbariyati maqola mualliflariga to‘lash uchun mablag‘ yetmagani sababli, bo‘sh qolgan sahifalarni katta fotosuratlar va ularga qisqacha izohlar bilan to‘ldirishga qaror qildi. O‘sha payt uchun yangilik bo‘lgan bunday format o‘quvchilarga nihoyatda manzur kelib, bu jurnal mashhurlikka erishdi va bugungi kungacha nashr etib kelinmoqda.
Gap qaysi jurnal haqida ketmoqda?
✔️Ushbu savolning javobini Azamat Ahmatov,Javlonbek Niyozov, Mansur Jumatayev, Nuriddin Kamolov, Mixli Safarov hamda Ilhom Godoyevlar to'g'ri topishdilar o'quvchilarimizga topqirligi uchun omadlar tilaymiz, bundan keyin ham sizlarni topqirlik shukuhi tark etmasin.
✅Javob: “National Geographic” jurnali.
✅@Postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Post #81162
1.05K
