▶️Faxriylarga ehtirom — qadriyatga ehtirom
“Keksalar haftaligi” doirasida Xorazm viloyati IIB tizimida ko‘p yillar davomida fidokorona xizmat qilgan faxriylar uchun voha bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
Dastlab Yangiariq tumanidagi sayohat davomida nuroniylar Xorazmning diqqatga sazovor maskanlarini ziyorat qilib, xizmat yillarini, hamkasblari bilan bog‘liq unutilmas xotiralarni yodga oldilar. Bunday tadbirlar faxriylarning boy hayotiy va kasbiy tajribasiga hurmat-ehtirom ifodasi bo‘lishi bilan birga, avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va vorisiylik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.
Nilufar Jabborova,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
✅@Postdarasmiy