Inson hayoti BUYURTMA va QABULdan iborat
Qosimov Muhammadali. Farg’ona viloyati Prezident maktabi 5-sinfiga 1-o’rinda 78,5 bal bilan qabul qilindi.
Bu o’quvchimda natijadan ko’ra yangi bilimlarni o’rganish, amaliyotda joriy qilish va tajriba qilishga qiziqish kuchli edi. Har bir o’rgangan qoidani tezda sinab ko’rib, o’z xulosasini aytar edi. Online darslarga qatnashib, imtihonga yaqin qolganda Toshkentda tayyorlandi.
Bir darsimda: inson hayoti BUYURTMA va QABULdan iborat. Yoshligizda xudodan nima so’rasangiz, o’shalarni qabul qilib yashaysiz. Katta narsalarni so’ragan katta ishlar, kichik narsalarni so’raganlar mayda ishlar qilib o’tishadi, dedim. Shunda Muhammadali “Al-Xorazmiyga ham Prezident maktabiga ham kiray, meni $100 000 000 000 pulim bo’lsin”- dedi. Uning tajribasi ish berdi, ikki maktab imtihonidan ham muvaffaqiyatli o’tdi. Men aniq aytamanki, kelajakda yuqoridagi summadan ham ko’p mablag’ga ega bo’ladi.
Alloh bu o'quvchimizni ham yurtimiz taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shishini nasib etsin!
Post #4576
29.8K

- 👍 16
- 🔥 1
- 👏 1
- 😱 1
- 🤩 1