Tajribali ustoz — o‘quvchining omadi! 💎
2026-yilda naqd 95 nafar o‘quvchimiz Al-Xorazmiy maktablariga qabul qilindi. Ularning 14 nafari mening kichik guruhlarimda tahsil olgan o‘quvchilar edi.
Ular bilan deyarli ikki yil davomida tayyorgarlik olib bordik. Bu o‘quvchilar doimo guruhdagi eng faol, bilimga chanqoq bolalardan bo‘lishgan.
Yaqinda Namangan safarimiz davomida “Vodiy ta’lim” o‘quv markazida shu o‘quvchilarimdan ikki nafari — Firdavsbek va Rayhonani uchratib qoldim. Suhbat davomida qiziq bir narsani bildim: ularning boshlang‘ich sinf ustozi bir kishi — Pop tumanidagi 11-maktab o‘qituvchisi Tursunoy opa ekanlar.
Keyin Namangandagi “Zamin” o‘quv markaziga bordik. U yerda ham yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar bilan suhbatlashdik.
Bizni hayratga solgan jihati shuki, bu markazda ham Al-Xorazmiy maktabiga kirgan 3 nafar va 1-son ixtisoslashtirilganga kirgan 1 nafar o‘quvchining boshlang‘ich sinf ustozi aynan Tursunoy opa ekan!
Demak, bir ustozning kamida 6 nafar o‘quvchisi nufuzli maktablarga qabul qilingan!
Men o‘quvchilarning muvaffaqiyatida boshlang‘ich sinf ustozlarining mehnati naqadar katta ekanini juda yaxshi bilaman.
Ba’zan tayyorgarlikka kelgan o‘quvchilarga qo‘shish va ayirishni ham boshidan o‘rgatishga to‘g‘ri kelgan. Buning qanchalik mashaqqatli ekanini o‘z tajribamda ko‘rganman.
Shuning uchun ham biz bilan yuqori natijalarga erishgan barcha o‘quvchilarimizning boshlang‘ich sinf ustozlariga chin dildan minnatdorlik bildiraman! Sizlarning mehnatingiz keyingi yutuqlarning mustahkam poydevoridir.
Yaxshi ustoz — o‘quvchining omadi! 🏆
📌 Ana shunday tajribali ustozlardan o‘rganganlarimizni va yuqori natija berayotgan tayyorgarlik usullarini ertaga, 10-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan bepul vebinarimizda sizlar bilan o‘rtoqlashamiz.
👉👉 t.me/yuksaluz
Post #22162
10.3K
