‼️"Farzandim kelajagini katta mablag’ bilan ta’minlashim kerak” deydiganlar uchun‼️
Mashhur olim, bir necha xalifalar davrini o’z ko’zi bilan ko’rgan Muqotil ibn Sulaymon xalifa Abu Ja’far Mansur huzuriga kiradi. Shunda xalifa olimdan nasihat qilishini so’raydi.
Muqotil: "Sizga ko’rganim haqida gapiraymi yoki eshitganimnimi?" - dedilar. Xalifa ko’rganingiz haqida gapiring dedi. Shunda Muqotil quyidagilarni aytib beradi: "Ey hukmdor, xalifa Umar ibn Abdulaziz o’n bir farzand ko’rdilar. Vafotlaridan keyin o’n sakkiz dinor qoldirdi. Undan besh dinoriga kafanlandi, to’rt dinoriga qabrga qo’yildi. Qolgan mablag’ farzandlari o’rtasida taqsimlandi.
Yana bir xalifa Hishom ibn Abdumalik ham o’n bir farzand ko’rdilar. U har bir farzandiga million dinordan meros qoldirdi.
Ey hukmdor, Umar ibn Abdulazizning bir farzandi Alloh yo’lida yuzta ot sadaqa qilganini va Hishom ibn Abdumalikning bir farzandi bozorlarda tilanib yurganini bir kunning o’zida ko’rdim.” (Manfaat_uz)
________________
Umar ibn Abdulaziz farzandlariga mol-mulk meros qoldirmadi (1 dinorga ham yetmaydi). Ammo, yaxshi tarbiya va ilmni qoldirdi. Natijada farzandlari ham ilmli ham boy bo’lib kamol topishdi. Jamiyat manfaati uchun bir martada 100 ta ot (tahminan 2 mlrd so’m) ehson qilmoqda.
Hishom ibn Abdumalik farzandlariga katta mol-mulk meros qoldirdi (hozirgi kunda 10 mlrd so’mdan ortadi.) Ammo, ilm va axloqni meros qoldirmadi. Vaqt o’tib, farzandlari ham ilmdan ham mol-mulkdan ayrildilar.
Hurmatli ota-onalar, farzandingiz uchun qoldirishingiz mumkin bo’lgan eng yaxshi narsa ilm va yaxshi tarbiyadir. Boshqa narsalar ularning baxt-saodatini ta’minlamaydi.
👉👉 @PMTESTS
Post #22101
18.1K
Forwarded from Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
- 👍 35
- 🔥 8
- 🏆 3
- ❤🔥 1
- 😢 1