TGViewer
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal @pmtests · 79.4K subscribers
Post #21922 16.3K
Ba’zi o‘quvchilar va ularning ota-onalari haqida kitob yozish mumkin.

16 yillik tajribam davomida eng uzoq vaqt tayyorlangan, intilishi va shijoati bilan mehrimni qozongan o‘quvchilarimdan biri — Turg‘unboyev Mardon 2026-yilda Prezident, Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktablarga yuqori o‘rinlarda qabul qilindi.

2-sinfda yoshi kichikligi sababli guruhga qabul qilmaganimizda ham, u taslim bo‘lmadi. Onasi bilan birgalikda videodarslarni mustaqil o‘rganib, keyinchalik guruhga qo‘shilishga loyiq ekanini o‘z mehnati bilan isbotladi. 3-sinfda 4-sinflar darajasida tayyorlandi.
4-sinfga kelib esa Respublikadagi eng kuchli o‘quvchilar qatoridan joy oldi.

Shu yillar davomida Mardon qatnashgan ko‘plab olimpiadalarning natijalarini birgalikda, hayajon bilan kutardik. Quvonchli yangiliklar bilan birga, natijadan xafa bo‘lgan paytlarimiz ham ko‘p bo‘ldi.

Ammo eng muhimi — u hech qachon maqsadi sari intilishdan to‘xtamadi. Bugun esa o‘sha yillar davomida qilingan mehnat, sabr va intilish Mardonni Prezident maktabi o‘quvchisiga aylantirdi.

Mardonning oflayn ustozlariga va, ayniqsa, uning eng birinchi ustozi — onasiga katta minnatdorlik bildiraman. Uning bugungi yutuqlarida onasining mehnati va qo‘llab-quvvatlashi alohida o‘rin tutadi.

Barcha ota-onalarga farzandlarining mana shunday muvaffaqiyatlarini ko‘rib yurish nasib qilsin. 🤲
(Onlayn darslarga yozilish @pmustoz)

👉👉 t.me/pmtests
  • 👍 49
  • 🔥 5
  • 🤩 5
  • 🏆 5
  • 🎉 1
More from @pmtests
  1. Oct 13, 2026Test kodi: 195663 Javob yuborish uchun - @best_olimpiad_robot botining ✅Javobni tekshirish…
  2. Oct 13, 20265-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi 👇👇
  3. Oct 13, 202611-12-kunlari hududlarda o'tkazilgan A (bir) o'rta daraja Al-xorazmiy va ixtisoslashtirilg…
  4. Oct 13, 202611-12-kunlari hududlarda o'tkazilgan A (nol) boshlang'ich daraja Al-xorazmiy va ixtisoslas…
  5. Oct 13, 2026🎓 NIMA UCHUN FARZANDINGIZNI PREZIDENT MAKTABIGA TAYYORLASHINGIZ KERAK? 🏫 Zamonaviy binol…
  6. Oct 13, 2026Post #22200
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →