Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Uchrashuv davomida «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, xorijda ta’lim olish uchun ochiq stipendiya tanlovlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va saralash bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, bitiruvchilarga xalqaro ta’lim dasturlarida ishtirok etish, xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.
🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz | Web sahifamiz
Post #23003
203