#Fargona_PM
#Hamkorlik
📚 HAMKORLIK — KELAJAK SARI MUHIM QADAM!
Farg‘ona davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sh. Shuxratov topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida maktabimizga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarning qiziqishlari va kelajakdagi kasbiy maqsadlarini aniqlash, ularni tanlagan sohalari bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash, IELTS, SAT, fan olimpiadalari hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha natijalarini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘quvchilarning individual rivojlanishini ta’minlash va ta’lim sifatini oshirishda hamkorlikning ahamiyati ta’kidlandi.
🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz | Web sahifamiz
Post #22984
358






