#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni
❗️Farg‘onada Prezident maktabi yoshlari bilan muloqot: Xalqaro huquq, xorijda ta’lim va kelajak rejalar
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Farg‘ona shahrida joylashgan Prezident maktabida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘sib kelayotgan avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish uchun yanada katta motivatsiya berishdan iborat bo‘ldi.
Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida adliya boshqarmasi rahbariyati o‘quvchilar bilan ularning kelajakdagi kasb tanlovi, oldiga qo‘ygan maqsadlari hamda xalqaro huquq masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
Xususan, globallashuv jarayonlarida xalqaro huquq normalarini chuqur bilish va xorijiy tillarni mukammal egallash – kelajakda O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro maydonda munosib himoya qila oladigan etuk kadrlar bo‘lib etishishda eng muhim omil ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlar bilan “Terrorizm va diniy ekstremizm — davr muammosi” mavzusida ham suhbat olib borildi.
Suhbat davomida terrorizm va diniy ekstremizmning jamiyat, ayniqsa, yoshlar hayotiga salbiy ta’siri, bunday yot g‘oyalarning oldini olish, yoshlarni turli zararli ta’sirlardan himoya qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida Prezident maktabida yuqori natijalarga erishib, ta’lim va jamoat ishlarida tengdoshlari hamda o‘zidan keyingi o‘quvchilarga haqiqiy o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh faol yoshlarga boshqarmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ha aytgancha...
Bugun ilm dargohida har payshanba — vatanparvarlik kuni bo‘lganligi uchun o‘quvchilar o‘ziga xos kiyim kiyishgan.
Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram🌐Websayt📷Instagram🔵Facebook 📱Youtube
Post #22867
462
Forwarded from FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI