TGViewer
Channel Public Channel
FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI

@adliya_fargona

📌 Sizda savol yoki murojaat bormi?
🤖 Telegram bot orqali: @faradliya_bot

🌐 Facebook guruhimiz:
https://www.facebook.com/groups/707837036273804

📷 Instagram sahifamiz:
https://www.instagram.com/adliya_fargona/

🌐 https://fargona.adliya.uz/uz/
Subscribers
53.5K
Photos
18.7K
Videos
3.5K
Links
10.2K
Recent Posts 17 shown
Post #26376 1.37K
#Hamdardlik

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Qoʻqon shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻillanuvchi notarius Usmanov Avazxon Ganiyevich hamda uning oila a’zolariga onasi - Usmanova Vasilaxon Siddiqovnaning  vafoti munosabati bilan hamdardlik bildiradi.
  • 🙏 24
Post #26375 1.28K
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 👏 1
Post #26374 1.22K
"Yangiliklar" informatsion dasturi

❗️Hukumat qarori bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko’ra bekor qilinganda, moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha kafolatlardan foydalanishda davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 👏 1
Post #26373 1.25K
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Banklar endi kredit qarzi uchun kartadagi pullarni yechishda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmiga teng mablag‘ni saqlab qolishi kerak


Adliya vazirligi tomonidan Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3030-13, 2026-yil 9-oktyabr).

2027-yil 10-yanvardan kuchga kiradigan yangi tartibga ko‘ra, mijozning roziligisiz kredit yoki kafillik to‘lovlarini undirishda banklar mijozning bank kartasida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida yarmiga teng mablag‘ni  (bugungi kunda 680 ming so‘m) saqlab qolishi shart.

Mazkur talab fuqarolarning eng zarur kundalik ehtiyojlari uchun mablag‘siz qolishining oldini olish va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • 🔥 2
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #26372 906
#Xabardormisiz

⁉️Administratsiya qanday tashkilot?

Prezident Administratsiyasi qanday vakolatlarga ega, uning mansabdor shaxlari kimlar? Shu va shu kabi savollarga ushbu video orqali javob olishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram🌐Websayt📷Instagram🔵Facebook 📱Youtube
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 👏 1
Post #26371 1K
  • 👍 2
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #26370 980
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, ta’minotchi iste’molchilarning elektr energiyasi to‘liq yetkazib berilmaganligi yoki elektr ta’minotida boshqa qoida buzilishlar to‘g‘risidagi arizalarini iste’molchidan ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay ko‘rib chiqishga, ushbu qoida buzilishlarini bartaraf etish va iste’molchilarga batafsil javob yuborishga majbur.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
  • 🔥 2
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #26369 1.25K
#Adliya_aralashgach

⁉️Adliya aralashuvi bilan noqonuniy buyruq qanday bekor qilindi?

Videolavhadagi qahramonimiz Dilafruz Polatova maxsus maktabgacha ta'lim muassasasida defektolog-logoped bo'lib faoliyat yuritib kelgan.

Biroq asossiz ravishda ishdan chetlatilib, oyliklari ham to'lab berilmagach, u Dang'ara tuman adliya bo'limiga murojaat qildi.

Dang'ara tuman adliya bo'limi tomonidan ushbu murojaat chuqur o'rganib chiqildi. O'rganish natijasida xodimni ishdan bo'shatish to'g'risidagi buyruq qonunga xilof ravishda chiqarilgani aniqlandi.

Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram🌐Websayt📷Instagram🔵Facebook 📱Youtube
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 👏 2
  • 🤝 1
Post #26368 1.18K
#Buni_bilish_foydali

🤝 Moliyaviy huquq (Kafilning javobgarligi)

⁉️Bank krediti: Do'stingizga "kafil" bo'ldingiz, u pulni to'lamay qochib ketsa, qarzni siz to'laysizmi?

Eng yaqin do'stingiz yoki qarindoshingiz: "Aka, bitta mashina (yoki pul) olyotgandim, oyligim yetmayapti, shunga kafil bo'lib qo'l qo'yib bering, o'zim vaqtida to'layman" deb iltimos qiladi. Siz ishonib imzo chekasiz. Oradan oylar o'tib, do'stingiz to'lovni qilmaydi, telefonini o'chiradi. Kutilmaganda bank xodimlari sizning ish joyingizga kelib, oyligingizdan ushlab qolishni boshlaydi.

⏺ "Men pulni olmaganman-ku, o'zidan undiringlar" deyish foyda beradimi? Yo'q!

⚖️ Solidar javobgarlik degani nima?

Fuqarolik kodeksining 293-moddasiga ko'ra, agar qarz oluvchi o'z majburiyatini bajarmasa, kafil ham u bilan bir xilda (solidar) javobgar bo'ladi! Ya'ni, bank qarzni, foizlarni, sud xarajatlarini va penyani asosiy qarzdordan ham, kafil bo'lgan sizdan ham tortib olishga mutlaq haqli.

🛡 Sizni nima qutqaradi? (Regress da'vo)

Agar siz do'stingizning o'rniga qarzni to'lab qo'ysangiz, qonun sizga bankning barcha huquqlarini o'tkazib beradi. Siz to'lagan pullaringizni (va asabbuzarlik xarajatlarini) o'sha noinsof do'stingizdan sud orqali to'liq undirib olishga haqli bo'lasiz!

💡Kafillik — bu shunchaki hurmat yuzasidan qilinadigan "yaxshilik" emas, balki to'g'ridan-to'g'ri yuridik va moliyaviy javobgarlikdir!

Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram🌐Websayt📷Instagram🔵Facebook 📱Youtube
  • 🔥 4
  • 👏 3
  • 👍 2
Post #26367 996
#Soragan_edingiz

⁉️Shtat qisqarganda oxirgi ishga kirgan xodim bo‘shatiladimi?

✅Yo‘q! O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 167-moddasiga ko‘ra, shtat qisqarganda ishda qoldirishda malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq xodimga imtiyoz beriladi.
Agar xodimlarning malakasi va mehnat unumdorligi teng bo‘lsa, qonunda belgilangan boshqa mezonlar hisobga olinadi.

✔️Xulosa: xodimni faqat ishga kechroq kirgani uchun ishdan bo‘shatish qonuniy asos hisoblanmaydi.
Qaror qabul qilishda qonun talablariga rioya qiling!

Muallif: Toshloq tuman adliya bo'limi YXKM boshlig'i Sherzod Tolibov

Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram🌐Websayt📷Instagram🔵Facebook 📱Youtube
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 👏 2
Post #26366 997
#Adliya_xabari

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 👏 2
Post #26365 1.02K
#Tarixiy_fakt

❗️"Tarixdagi intellektual mulk va hunarmandchilik sirlari"

🎨"Usta o‘z kashfiyoti va hunar sirini qattiq qo‘riqlagan!"
O‘rta asrlarda hunarmandlar tomonidan yaratilgan yangi texnologiyalar, bo‘yoq tayyorlash sirlari va naqsh namunalarini himoya qilishning o‘ziga xos qoidalari bo‘lgan.

✔️Qiziqarli jihati: Agar usta o‘zining ko‘p yillik mehnati evaziga yangi usul yoki mahsulot yaratgan bo‘lsa, u seh (uyushma) tomonidan ro‘yxatga olingan va boshqalarning buni ruxsatsiz nusxalashi qat’iyan taqiqlangan. Bu mualliflik g‘oyalarini rag‘batlantirgan. Bu bugungi kundagi "Intellektual mulk va patent huquqi" tizimining eng qadimiy ko‘rinishidir!

Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram🌐Websayt📷Instagram🔵Facebook 📱Youtube
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 👏 2
Post #26364 992
#Xabardormisiz

⁉️Kasallik nafaqasi qanday tayinlanadi?

Kasallik nafaqasi miqdori barcha uchun bir xil emas. Uni hisoblashda xodimning sug‘urta staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega.

Elektron kasallik varaqasi shakllantirilgach, zarur ma’lumotlar tizim orqali olinadi va nafaqani tayinlash jarayoni avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Agar ma’lumotlarda xatolik yoki kamchilik aniqlansa, ularni tegishli tartibda to‘g‘rilash mumkin.

Eng muhimi, endi kasal bo‘lib qolganingizda ortiqcha hujjat ko‘tarib, idorama-idora yurishingiz shart emas. Tizim zarur ma’lumotlarni avtomatik ravishda oladi.

✔️O‘z huquqingizni biling va ma’lumotlaringiz to‘g‘ri kiritilganini tekshirib boring.

Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram🌐Websayt📷Instagram🔵Facebook 📱Youtube
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 👏 2
Post #26363 1.07K
#Mohiyat
  
❗️“Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
/PQ–325/


Efirda Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi E. Eksanov

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👏 2
Post #26362 1.45K
#Bilasizmi

❗️ Xonadonlarni maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash tartibi belgilandi


Batafsil infografikada
👆

Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram🌐Websayt📷Instagram🔵Facebook 📱Youtube
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 👏 1
  • 🤝 1
Post #26361 1.04K
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

❗️"Yoshlar kuni" doirasida uchrashuv tashkil etildi

Farg'ona davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti talabalari bilan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Suhbat davomida adliya faoliyatidagi eng dolzarb masalalar, qonunchilikni qo‘llashda uchrayotgan murakkab keyslar va ularning yechimlari, bo'lajak huquqshunoslarning professional salohiyatini oshirish va xizmat intizomi masalalari muhokama qilindi.
 
Ochiq muloqotda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda zamonaviy g‘oyalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram🌐Websayt📷Instagram🔵Facebook 📱Youtube
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 👏 3
  • 🤝 1
Post #26354 1.12K
#Adliya_xabari

❗️FARG‘ONA AYOLLARI UCHUN SEMINAR

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda viloyat hokimligi, Adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar mas’ullari, shuningdek, tizimda faoliyat olib borayotgan 90 nafardan ziyod xotin-qizlar ishtirok etdi.

Seminar davomida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, kasbiy salohiyatini oshirish hamda rahbarlik lavozimlarida faol ishtirokini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faolligini yanada oshirish, gender tengligini ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish hamda tizimda halollik va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram🌐Websayt📷Instagram🔵Facebook 📱Youtube
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👏 2
Older posts →

About this channel

How can I read @adliya_fargona without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI have?
FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (@adliya_fargona) has 53.5K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →