⚡️ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisidan navbatdagi xalqaro muvaffaqiyat!
🎓Maktabimizning 10-01: Abu Nasr Forobiy sinfi o‘quvchisi Odiljonov Saidbek Jamshidbek o‘g‘li ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS imtihonida o‘z bilim va salohiyatini munosib namoyon etib, 8.0 ball natijani qayd etdi.
🔸 Mazkur yutuq Saidbekning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari qat’iyat bilan intilishi, muntazam tayyorgarligi hamda bilim olish yo‘lidagi izchil mehnati samarasidir. IELTS imtihonidagi 8.0 ball uning ingliz tilini yuqori darajada egallaganini tasdiqlovchi muhim ko‘rsatkichdir.
🔰 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Saidbekning ushbu muvaffaqiyatini yuksak e’tirof etadi va uning yutug‘idan faxrlanadi.
✅ Ishonamizki, bu muvaffaqiyat Saidbek uchun kelgusidagi xalqaro ta’lim imkoniyatlari va ulkan marralar sari yangi eshiklarni ochadi. Saidbekka ilm-fan yo‘lida bardavom muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va yorqin istiqbol tilaymiz!
🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz | Web sahifamiz
Post #22866
591
