TGViewer
platforma.uz platforma.uz @platformauzb · 44.7K subscribers
Post #18471 6.24K

Forwarded from platformauzb_live

Davlat xaridlarida yangi elektron skoring tizimi: ishonchli tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar berilishi taklif etilmoqda

Davlat xaridlarida ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlarini elektron skoring asosida baholash va ularning ishonchlilik darajasidan kelib chiqib qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etish nazarda tutilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, davlat xaridlari maxsus axborot portalida ishtirokchilar faoliyatini idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik baholaydigan elektron skoring tizimi joriy etilishi belgilangan.

Taklif etilayotgan tizimda ishtirokchilar to‘plagan ballariga qarab AAA dan D gacha bo‘lgan 10 ta skoring ko‘rsatkichiga ajratiladi. Jumladan, 80 va undan yuqori ball — AAA, 75 va undan yuqori — AA, 70 va undan yuqori — A darajasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu uch toifa “yuqori” ishonchlilik darajasi hisoblanadi.

Eng katta imkoniyatlar AAA ko‘rsatkichiga ega ishtirokchilar uchun nazarda tutilmoqda. Loyiha bo‘yicha ular elektron davlat xaridlarida zakalat va qo‘shimcha zakalat mablag‘larisiz ishtirok etishi, vositachilik yig‘imiga 50 foiz chegirma olishi mumkin. Shuningdek, davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalarda oldindan to‘lov miqdorini, qonunchilikda belgilangan ayrim istisnolarni hisobga olgan holda, 30 foiz etib belgilash nazarda tutilgan.

AA ko‘rsatkichiga ega ishtirokchilarga elektron davlat xaridlarida zakalat mablag‘larisiz qatnashish va shartnomalarda 25 foiz oldindan to‘lov, A ko‘rsatkichiga ega ishtirokchilarga esa zakalatning 50 foizini kiritgan holda ishtirok etish hamda 20 foiz oldindan to‘lov imkoniyati taklif etilmoqda.

Yana bir muhim yangilik — eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender takliflarini ball usulida baholashda ishtirokchining ishonchlilik darajasiga mutanosib ravishda qo‘shimcha ball berish mexanizmi nazarda tutilgan. Ushbu qo‘shimcha ball elektron tizim tomonidan avtomatik hisoblanadi. “Past” va “eng past” ishonchlilik darajasidagi ishtirokchilarga esa bunday qo‘shimcha ball berilmaydi.


Skoring natijalari Portal va ishtirokchining shaxsiy kabinetida har kuni yangilanib borishi, hisob-kitobda esa davlat xaridlari jarayonidagi oxirgi 365 kungacha bo‘lgan faoliyatga oid ma’lumotlardan foydalanilishi ko‘zda tutilgan.

@platformauzb
More from @platformauzb
  1. Oct 7, 2026Мелиев Худоёр Хуррамович “Навоий кон-металлургия комбинати” АЖ бошқарув раиси - бош директ…
  2. Oct 7, 2026Шавкат Мирзиёев 7-9 октябрь кунлари амалий ташриф билан Туркманистонда бўлади Президент “А…
  3. Oct 7, 2026Онангнинг отини қўй, отангнинг отини қўй Филолог олим Қозоқбой Йўлдошев бегона тиллардаги…
  4. Oct 7, 2026Ота-оналар учун муҳим маълумот! Энди мактабларда давоматни сунъий интеллект назорат қилади…
  5. Oct 7, 2026Cobalt ва Damas’ни банк иштирокисиз бўлиб тўлашга сотиш бошланади UzAuto Motors 7 октябрда…
  6. Oct 6, 2026Иситиш мавсумида газлашмаган ҳамда газ етиб бормаган ҳудудларда электр энергияси бўйича ба…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →