🎓 Jizzax shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan maktab prezidenti saylovi oldidan nomzodlar o‘z saylovoldi loyihalari va kelgusidagi rejalarini taqdim etdilar.
Tadbir davomida har bir nomzod o‘z dasturini, maktab hayotini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini hamda o‘quvchilar uchun amalga oshirmoqchi bo‘lgan loyihalarini batafsil bayon etdi.
Shuningdek, nomzodlar ishtirokida ochiq va qizg‘in debat tashkil etildi hamda ular o‘z loyihalari yuzasidan berilgan savollarga javob berdilar. Debat davomida nomzodlarning fikrlash qobiliyati, liderlik salohiyati, tashabbuskorligi, muammolarga yechim topish ko‘nikmalari hamda jamoa oldida o‘z fikrini erkin ifoda eta olish qobiliyatlari namoyon bo‘ldi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor




