Tarjimonlik oson ish emas.
Ayniqsa, kitob tarjima qilish va uni bosmadan chop ettirish.
Hamkasbimiz ustoz Abdulqodir aka arab tilidan Ahmad Shuqayriyning "40" kitoblarini tarjima qilibdilar.
Yillab umrlarini sarflab, kitobni o'zbek tilida o'zbekzabon xalqimizga taqdim etibdilar. Ajr-u savoblarini ko'rib yursinlar.
Biz uchun ham mahsus dastxat va xatlari bilan kitoblaridan bir nusxa hadya etdilar. Buning uchun ustozga ulkan tashakkurlar aytamiz.
Kitobni o'qishda davom etib, kelajakdagi yangi tarjima ishlarini ustozdan kutib qolamiz.
Kitobni Qamar kitoblar do'konidan xarid qilishingiz mumkin.
https://t.me/qamarbooks/22142Bu post reklama emas. Xolis tavsiya.
Kitob uchun yana bir bor rahmat, Abdulqodir aka ☺️
Bundan a'loroq tuhfa bo'lmasa kerak ⚡️
@soliefs #tavsiya