Uzoq vaqtdan beri sabr va kutish oraligʻida yashayotgan, duo qilishdan charchab, tashqi tomondan oʻzgarish koʻrmayotgan har bir qalbga yetkazing:
Alloh sizni aslo tashlab qoʻymaydi.
Ba’zan inson yengillik kutishdan shunchalik charchaydiki, ichidagi umid uchquni soʻnib qolishidan qoʻrqib qoladi. Ammo haqiqat shundaki, Alloh duolarga eng boshidanoq javob berishni boshlaydi, faqat bu doim ham biz kutgan shaklda boʻlavermaydi.
• Ba’zida javob - sizni gunohdan toʻsish;
• Ba’zida - kutilmagan ichki kuch va matonat;
• Ba’zida - kerakli pallada yuborilgan insonlar;
• Ba’zan esa - bor yoʻgʻi butunlay sinib ketmaslik qobiliyatining oʻzi boʻladi.
Inson tezkor javoblarbi yaxshi koʻradi:
Ogʻriq kelsa - birdan yengillashishni;
Hamma narsa parokanda boʻlsa - sababini oʻsha zahoti bilishni istaydi.
Biroq Robbim bilan munosabatlar insoniy shoshqaloqlik ustiga qurilmagan. Ba’zan Alloh insonni javob sari shunday uzoq yetaklaydiki, bu vaqt ichida nafaqat uning hayoti, balki uning hayoti ham oʻzgaradi.
Inson koʻpincha Alloh undan bir narsani tortib oldi, deb oʻylaydi. Ammo vaqt oʻtib anglaydiki, Alloh uni shunchaki qilib qoʻymagan - xayrliroq narsa, qalbning goʻzalroq holati va Oʻziga yaqinlikning yangi bosqichi uchun joy boʻshatgan boʻladi.
Sinovlar ichida eng qoʻrqinchlisi - kambagʻallik yoki kasallik emas, balki Alloh haqidagi goʻzal gumonni yoʻqotib qoʻyishlikdir. Alloh javobni sizni rad etgani uchun emas, Oʻziga chin dildan yugurib ketishingizni va ovozingizni yana eshtishni xohlagani uchun kechiktiradi.
Agar ishingizni Allohga chin dildan topshirgan boʻlsangiz, aslo yoʻqolib ketmaysiz. Alloh kechiktirishi, sinashi, tarbiyalashu mumkin. U hech va’daga xilof qilmaydi va tashlab qoʻymaydi.
(c) Foydali ilm
Post #34863
19.1K
- ❤ 182