TGViewer
Channel Public Channel
𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

@paradise_pg

"Va U seni hayron holda topib, hidoyatga boshlamadimi?"
Subscribers
7.15K
Photos
3.3K
Videos
640
Links
324
Recent Posts 19 shown
Post #34867 18.7K
Allohga topshirib qo’ygan, vaqtlar o’tib umidingni uzgan hislaringni, ishingni keyinchalik o’zing unutishing mumkin, lekin Alloh unutmaydi. Dilingdan o’tkazganlaringni Robbing birin-ketin yashatadi.
Nega aynan o’sha vaqt bo’lmagani haqida o’ylamaysan ham. Chunki endi Robbing senga O’zi bichgan taqdirida, go’zal shaklda aynan o’sha ko’nglingdan o’tkazganlaringni yashatayotgan bo’ladi.

Bir gap bor edi:
Shunday goʻzal tuygʻular borki, chin koʻngildan "Alhamdulillah" deyishdan boshqa soʻz topolmay qolganingda his qilasan.
  • ❤ 254
Post #34866 14.8K
Allohning tarozisida miqdorning ahamiyati yo'q, eng muhimi ixlos.
  • ❤ 200
Post #34863 19K
Uzoq vaqtdan beri sabr va kutish oraligʻida yashayotgan, duo qilishdan charchab, tashqi tomondan oʻzgarish koʻrmayotgan har bir qalbga yetkazing:
Alloh sizni aslo tashlab qoʻymaydi.

Ba’zan inson yengillik kutishdan shunchalik charchaydiki, ichidagi umid uchquni soʻnib qolishidan qoʻrqib qoladi. Ammo haqiqat shundaki, Alloh duolarga eng boshidanoq javob berishni boshlaydi, faqat bu doim ham biz kutgan shaklda boʻlavermaydi.

• Ba’zida javob - sizni gunohdan toʻsish;
• Ba’zida - kutilmagan ichki kuch va matonat;
• Ba’zida - kerakli pallada yuborilgan insonlar;
• Ba’zan esa - bor yoʻgʻi butunlay sinib ketmaslik qobiliyatining oʻzi boʻladi.

Inson tezkor javoblarbi yaxshi koʻradi:
Ogʻriq kelsa - birdan yengillashishni;
Hamma narsa parokanda boʻlsa - sababini oʻsha zahoti bilishni istaydi.
Biroq Robbim bilan munosabatlar insoniy shoshqaloqlik ustiga qurilmagan. Ba’zan Alloh insonni javob sari shunday uzoq yetaklaydiki, bu vaqt ichida nafaqat uning hayoti, balki uning hayoti ham oʻzgaradi.

Inson koʻpincha Alloh undan bir narsani tortib oldi, deb oʻylaydi. Ammo vaqt oʻtib anglaydiki, Alloh uni shunchaki qilib qoʻymagan - xayrliroq narsa, qalbning goʻzalroq holati va Oʻziga yaqinlikning yangi bosqichi uchun joy boʻshatgan boʻladi.

Sinovlar ichida eng qoʻrqinchlisi - kambagʻallik yoki kasallik emas, balki Alloh haqidagi goʻzal gumonni yoʻqotib qoʻyishlikdir. Alloh javobni sizni rad etgani uchun emas, Oʻziga chin dildan yugurib ketishingizni va ovozingizni yana eshtishni xohlagani uchun kechiktiradi.

Agar ishingizni Allohga chin dildan topshirgan boʻlsangiz, aslo yoʻqolib ketmaysiz. Alloh kechiktirishi, sinashi, tarbiyalashu mumkin. U hech va’daga xilof qilmaydi va tashlab qoʻymaydi.

(c) Foydali ilm
  • ❤ 182
Post #34858 16.2K
قَالَ رَبِّ ٱشْرَحْ لِى صَدْرِى
"Ey Robbim, O‘zing qalbimni keng qilgin.

وَيَسِّرْ لِىٓ أَمْرِى
Mening ishimni oson qil.

وَٱحْلُلْ عُقْدَةًۭ مِّن لِّسَانِى
Tilimdagi tugunni yechib yuborgin.

يَفْقَهُواْ قَوْلِى
So‘zimni anglasinlar".
(Toha surasi, 25-28 oyatlar).
  • ❤ 226
Post #34855 14.4K
Qaraganingizda nima yodingizga tushdi?

Allohning va’dasi yodingizdaya? “Bas, albatta, bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir.”

Qora bulut ortida, siz ko’rishni istagan oq bulut albatta keladi.
  • ❤ 178
Post #34854 16.6K
Qurbon hayitingiz muborak bo’lsin 🤍

Alloh sizdan va bizdan solih amallarni qabul qilsin.
  • ❤ 119
Post #34853 37.1K
Arafa kunida tilagingizda chegaralar bo‘lmasin.
Imkonsiz tuyulgan narsalarni ham so‘rang.
Chunki bu kunning qudratiga teng keladigani yo‘q.

Alloh “Bo‘l” desa,
hammasi bir lahzada amalga oshadi.
  • ❤ 166
Post #34852 11.6K
Labbayk Allohumma labbayk. Labbayka la shariyka laka labbayk. Innal hamda, vanne’mata, laka val mulk. Laa shariyka lak.


Yurak tez-tez urib ketmasdan ilojsiz…

Robbim, ushbu kunda duolarni ijobat qilasan. Biz hayollarimizda yashayotgan duolarni eng xayrli tarzda hayotimizda yashashni bizga nasib qil.
  • ❤ 129
Post #34851 9.95K
«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам:

«Арафа кунининг рўзаси сабабли Аллоҳ таоло ундан олдинги бир йил ва ундан кейинги бир йилни каффорат қилишини умид қиламан», дедилар».
  • ❤ 95
Post #34848 11.8K
𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒 Bir daqiqa avval kulishib turganing, Allohning irodasi bilan yoningda yoʻq boʻlishi mumkin. Oʻlim - haq. Yosh tanlamas haqiqat. Oʻlim hech qanday reja qilmaydi. U xabarsiz, kutilmaganda keladi. U kalit axtarmaydi. Oʻlim hayotni birdan jim qiladi. Biz Allohnikimiz…
Biz Allohnikimiz va albatta, Unga qaytguvchimiz.
  • ❤ 143
Post #34847 12K
Ummu Salama onamiz aytganlar:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Zulhijja oyida roʼza tutar edilar».
  • ❤ 151
Older posts →

About this channel

How can I read @paradise_pg without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒 have?
𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒 (@paradise_pg) has 7.15K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒 know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →