TGViewer
Channel Public Channel
Mirjalol Rustamaliyev official

Mirjalol Rustamaliyev official

@otm_oid_qonunchilik

Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mirjalol Rustamaliyevning shaxsiy kanali
👉Savollar uchun: @M_Rustamaliyev
Subscribers
987
Photos
125
Videos
36
Links
159
Recent Posts 17 shown
Post #437 1.41K
📌Hurmatli talabalar, barchani institut rektorining rasmiy telegram kanaliga a'zo bo'lishini so'raymiz. Ushbu kanal orqali oliy ta'lim sohasidagi hamda institutdagi barcha yangiliklardan boxabar bo'lasiz

👉@RKARIMOV_309
Post #436 693
#OGOHLANTIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578- sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bobi, 49-bandining “d” kichik bandi - oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagani (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun.
Asos: https://lex.uz/uz/docs/-7726569

Adliya vazirligi Ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomi qabul qilingan. (ro‘yxat raqami: 2431-5, 21.11.2025-y.).
Asos: https://lex.uz/uz/docs/-7852288

Unga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov 25 foizi 1-oktabrcha va 50 foizi 1-yanvargacha amalga oshiriladi.

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektorining 2026-yil 27-yanvardagi "Institutida talabalar tomonidan to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lashni tartibgasolish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 5-A/O-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan to'lovlarni belgilangan qismini amlga oshirmagan talabalarga nizomda belgilangan tartibda chora ko'rilishi yuzasidan ogohlantiramiz.

🔰@OTM_oid_qonunchilik
Post #435 1.05K
📌 Kontrakt to'lash muddati yakunlanmoqda!

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 2026-yil15-oktabrga qadar (shu kuni ham) deb belgilangan.

❓Bu kimlar uchun?

➖1-bosqich talabalari: Ham bazaviy, ham “super-kontrakt” asosida o‘qishga kirganlar.
➖Qoraqalpog‘istonlik yoshlar: Maxsus kvota bilan o‘qishga tavsiya etilgan 1-bosqich talabalari.
➖O‘qishini ko‘chirganlar: Talabalar safini qayta tiklagan yoki o‘qishini ko‘chirgan (perevod) barcha talabalar.
➖Oliy ta'limda mos ravishda 2,3,4-bosqichda tahsil olayotgan talabalar.

❓To‘lov miqdori qancha bo‘lishi kerak?

1️⃣Oddiy kontrakt: Bir yillik summaning kamida 25 foizi.
2️⃣Super-kontrakt: Bir yillik summaning kamida 50 foizi.

🌐@OTM_oid_qonunchilik
Post #434 817
15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmasevtika xodimlari farzandlarining kontraktiga beriladigan 30 foizlik subsidiya uchun ariza yuborish bo'yicha videoqo'llanma.

Ariza staji bor ota yoki ona nomidan videoda ko'rsatilgan ketma-ketlikda yuboriladi. Agar hemis haqida qiz yozuvda xabar chiqsa demak talaba kontrakt.edu.uz dan shartnomaga ariza yubormagan, avval ariza yuborib shartnomani olib keyin my.gov.uz orqali subsidiyaga ariza beriladi.

🔰@OTM_oid_qonunchilik
Post #433 457

Forwarded from Xushnudbek.uz

✅ Ta’lim kreditini “xazna” ilovasi orqali onlayn rasmiylashtiring

Kontrakt to‘lovini amalga oshirish uchun bankka borish shart emas. Ta’lim kreditiga “xazna” ilovasi orqali onlayn ariza topshirish mumkin.

Talaba xotin-qizlar uchun kredit 0 foiz, talaba yigitlar uchun esa 14 foiz stavkada ajratiladi. Imtiyozli davr — o‘qish davri va undan keyingi 6 oy. Asosiy qarzni qaytarish o‘qish muddati tugaganidan keyin 7-oydan boshlanadi va 7 yil davom etadi.

Ta’lim krediti davlat, xususiy va xorijiy oliy hamda professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi shaklda kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun ajratiladi.

Reklama
Post #432 594
#Rasman

Prezident farmoni: Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi. Saida Mirziyoyevaga sohadagi yangi vazifalarni samarali tashkillashtirish yuklatildi

Shuningdek, tegishli farmon bilan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish Prezident Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.

🔰@OTM_oid_qonunchilik
  • 👏 2
  • 👍 1
Post #431 721
Tibbiyot xodimlari farzandlari uchun kontrakt toʻlovining bir qismini qoplab berish boshlandi

🔰Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt toʻlovining 30 foizini qoplab berish belgilangan.
 
Mazkur toifadagi xodimlarning farzandlariga respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori BHMning 15 baravaridan oshmasligi kerak.
 
✔️ Bugundan kontrakt summasining 30 foizigacha qismini subsidiya orqali qoplab berish boshlandi. Ya'ni, ariza topshirganlar va arizasi tasdiqlangan xodimlarning farzandlarining oliygohlariga pullar kelib tusha boshlagan.

🌐@OTM_oid_qonunchilik
Post #430 833
📌 Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi?

✅Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin.

Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq.

Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi.  

Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.

❓Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha?

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

🌐@OTM_oid_qonunchilik
  • 👍 5
Post #429 919
#BUGUN_OXIRGI_KUN

#eslatma #ijara_kompensatsiya

⚡️Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

‼️ Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.

🌐@OTM_oid_qonunchilik
Post #428 839
📌 Ona tili va adabiyoti: Rus tili va adabiyoti yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Faoliyat obyektlari:
👉 umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
👉 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
👉 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
👉 ommaviy axborot vositalari faoliyati jarayonlarida;
👉 davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.


Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo'yicha ishlashlari mumkin:
👉 rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;
👉 O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
👉 idora mudiri;
👉 metodist;
👉 arxiv xodimi;
👉 axborot-resusr markaz
lari xodimi;
👉 metodist-maslahatchilar;
👉 nashriyotlar va ommaviy axborot vositalarining muharriri va korrektori;
👉 nodavlat notijorat uyushmalari va boshqa tashkilotlar hodimi


60111701 - O'zga tilli guruhlarda rus tili yo'nalishi ham yuqoridagi kasblarda ishlaydilar!

🌐@OTM_oid_qonunchilik
  • 👍 4
Post #427 1.31K
⚡️ Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishi bitiruvchilar qanday kasblarda ishlaydilar?

🤝 60111800– Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida faoliyat olib boradilar.

✅Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat bo'yicha ishlashlari mumkin:

➡️ Ingliz tili va adabiyoti fanlaridan o'qituvchi;
➡️ ta’lmiy-madaniy xizmat ko‘rsatuvchi xususiy madaniy markazlari va nodavlat xalqaro tashkilotlarda maslaxatchi;
➡️ menejer;
➡️ gid-tarjimon;
➡️ ekskursovod;
➡️ ko‘rgazma tashkilotchisi;
➡️ jurnalist;
➡️ publitsist.

🌐@OTM_oid_qonunchilik
  • 👏 18
  • ⚡ 1
  • 👀 1
Post #426 2.24K
#STIPENDIYA

✅STIPENDIYA TUSHDI


Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari 2-3-4-kurs talabalarning SENTABR-OKTABR oyiga mo‘ljallangan stipendiyalar talabalarning kartasiga tushirildi.

1-kurs talabalar bilan bank kartalarini rasmiylashtirish jarayoni olib borilmoqda.

Mehnat qilgan barcha xodimlarga rahmat!

🌐@OTM_oid_qonunchilik
  • 🤩 19
  • 👏 11
  • 😢 9
  • 👌 6
  • 🥰 4
  • 🕊 3
  • 🤷 3
  • 🤔 2
  • 😍 2
  • 🤯 1
  • 🏆 1
Post #425 1.14K
Stipendiya...🕑⌛️
  • 😢 49
  • 😱 14
  • 😍 10
  • 😐 7
  • 🎉 6
  • 🤷 3
  • ⚡ 2
  • 👏 2
  • 👍 1
  • 🥰 1
  • 🕊 1
Post #424 961

Forwarded from Edu.uz

❗️DIQQAT, E’LON!

Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkaziladi


Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovning respublika bosqichida O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar fanlaridan maxsus test sinovlarini topshiradi.

🔰 2026/2027-o‘quv yili tanlovlari doirasida bakalavriat va magistratura bosqichidagi talabgorlar uchun test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

🗓 Test sinovlari sanasi: 2026-yil 10-oktyabr.

📚 Test sinovlari quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
– O‘zbekiston tarixi;
– Axborot texnologiyalari;
– Xorijiy tillar.

⏰ Muhim! Talabgorlar 10-oktyabr kuni soat 08:00 dan kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki ID-karta bilan test o‘tkaziladigan binoga yetib kelishi lozim.

📍Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar: ⤵️

Qoraqalpog‘iston
Andijon
Namangan
Farg‘ona
Buxoro
Xorazm
Surxondaryo
Qashqadaryo
Jizzax
Navoiy
Samarqand
Sirdaryo
Toshkent viloyati
Toshkent shahri

Manzillar bo‘yicha yanayam batafsil ma’lumot:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/228181

Tanlov natijalari my.edu.uz elektron tizimi orqali e’lon qilinadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 3
Post #423 759
Post #419 1.28K
1-kurs dars jadvali....pdf559 KB 2-kurs dars jadvali....pdf548.5 KB 3-kurs dars jadvali....pdf538 KB 4-kurs dars jadvali....pdf594.8 KB
#DARS_JADVALI

👍 2026/2027-o‘quv yili Namangan davlat chet tillari institutida kurslar kesimida 5-10-oktrabr dars jadvali
!

👨‍💻 Dars jadvali to'liq HEMIS tizimiga kiritib bo'lindi. darslarga belgilangan vaqtda kirishingiz so'raladi
.

‼️HEMIS tizimiga kirish uchun login va parol olmagan guruh talabalarining guruh sardorlari Registrar ofisga uchrashib olishlari mumkin.

@OTM_oid_qonunchilik
  • 👍 4
  • 🤯 2
  • 🤔 1
Post #418 867
📌 Darsga kelmagan “akademik qarzdor talaba”ning kursdan qoldirilish tartibi

(kredit-modul tizimi boʻyicha)

✅ 1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
✅ 1 kredit 30 soatga teng.
✅ 1 ta fanning 6 krediti 180 soat
✅ 180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.

Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

🌐@OTM_oid_qonunchilik
Older posts →

About this channel

How can I read @otm_oid_qonunchilik without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Mirjalol Rustamaliyev official: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Mirjalol Rustamaliyev official have?
Mirjalol Rustamaliyev official (@otm_oid_qonunchilik) has 987 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Mirjalol Rustamaliyev official know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →