TGViewer
Channel Public Channel
Otabek’s I/O

Otabek’s I/O

@otabekswe

I write about Backend, Infrastructure, Math, ML/AI, and Computer Science.

Building: @voicelabio

Contact: ask@otabek.io
Subscribers
2.84K
Photos
68
Videos
4
Links
105

Showing posts older than #457 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #456 4.59K
2024 Recap

Ushbu maqola texnik emas ammo men uchun eng yaxshi bloglardan.

Odatda bunday blog yozmasdim, ammo bu yil olgan yaxshi tajriba va xuloslarni bo'lishishga qaror qildim.

Maqolani o'qish

@otabekswe
Post #454 4.55K
Trustober

Bu oy Dropbox uchun Trustober ya'ni HackMonth hisoblanadi. Barcha jamoalar turli xil yo'nalishlarda tayyorlangan muammolarni yechib chiqishadi va tizimdagi xatoliklarni qidirishadi. Tizimdagi xatolik darajasiga qarab score berishadi. Qancha ko'p tizimni buza olsangiz shuncha yaxshi.

Bu an’ananing yoqqan tomoni, juda ko'p o'rganasiz. Ko'plab zaifliklarni topish, tez fikrlash, qarorlar qabul qilish va ularni yechishni o'rganasiz.

"Tajribang ko'p ekan" deb captain qilib saylashdi, aslida unday emas. Lekin men imkoniyatdan foydalanib qoldim, o'z lavozimimni suv iste'mol qilgan holda jamoa nomini o'zim berdim. Ular baribir tushunishmaydi, bo'laveradi.

JPRQlar, biz yutamiz!
Post #453 3.78K
Testing in Action

Yaxshi dasturchi doim dasturini test qiladi. Test qilish uchun test yozishni o'rganing. Qanday test yozishingizni esa ushbu post orqali kashf qiling.

Maqolani o'qish

@otabekswe
Post #451 3.77K
Inson bilgan bor bilimini gapirib bera olmaydi. Gapirib tushuntira olgan narsasini esa, yozib tushuntirishi qiyin.

Anchadan beri blog yozib kelaman, oldin ingliz tilida yozardim, hozir faqat O’zbek tilida yozaman. Bunga asosiy sabab O’zbek tilida ham bunday foydali kontentlarni ko’paytirish.

Blog yozish qiyin. Unga yetarlicha bilim, tajriba va sabr kerak. Chunki uni o’qigan insonlar sizni tushunishi uchun maksimal soddaroq tilda boshlab, keyin ilmiyroq tushunchani yetkazib berib yakunlashingiz kerak.

Yaqin kunlarda yaxshi bloglarni sizlar bilan bo’lishib o’taman. Undan oldin esa bloglar haqida fikr va takliflaringizni so’ramoqchiman.

Men yozgan maqolalar sizga yoqsa, avtorni qo’llab turishingiz, bizga ko’proq blog yozishda va uni ostidagi xizmatkor serverlar xarajatiga katta yordam bo’ladi.

O'z xissangizni qo'shing: tirikchilik.uz/otabek
Post #446 5.27K
FAANG'ga sayohat

2021: Facebookdagi amaliyot (internship) haqida eshitib qiziqishim juda oshgandi

2022: Amazon, Intel va Cloudflare dan rad javobi oldim

2023: Intel, BNY Mellon, Deloitte dan rad javobi

2024: Google (universitetdan keyin qaytaman), IBM, Dropbox va Meta offer.

2025: Loading…

Mana Linkedin, menga ergashib (follow qilib) qo'ying.

Yaxshi maqolalar: otabek.io

@otabekswe
Post #441 5.43K
Welcome to Functional World

Ushbu postda:
・Functional Programming nimaligi
・Procedural vs Functionl farqi
・Rekursiya Loopdan qimmatroq
・First-class va High-order funksiyalar
...va nima uchun FP zo'rligini yozib o'tdim.

Bu postdan keyin ko'plab dasturlashdagi tushunchalarni oson tushunasiz degan umiddaman.

Postni o'qish

@otabekswe
Post #440 4.07K
Python Interview Questions

Ushbu postda:
・Qiziq savollar
・Javoblar
・Best practice`lar
・Python internals
... va h.k.z advanced mavzularni qo'shdim. Bilimingizni sinab ko'rish vaqti keldi.

O'qing, o'qish foydali!

Postni o'qish

@otabekswe
Post #438 4.02K
Python: Memory Management

Ushbu postda siz:
・ Garbage collector
・ Reference count
・ Finalizer
・ Cyclic reference
・ Weak reference
・ Stack Tracer
... haqida o'rganasiz.

Postni yaxshilab o'qisangiz, keyingi interview`laringizni qiyqiriq feedback bilan o'tasiz.

Postni o'qish

@otabekswe
Post #436 3.59K
#scienceIn60Seconds

Firewall

Networking sohasida tajribalarim juda kam. Shunga qaramay Senior darajaga 6ta kompaniya bilan intervyu o'tkazganman. Xulosa natijasida eng ko'p berilgan savol bu Firewall haqida bo'ldi.

Firewall - bu xavfsizlik devori. Qadimgi xitoy urushlarida devorlarga olovli sharlar otilgan bo'lsa, hozirgi urushda jpriqlar sizni veb-sahifangizga xujum qilishadi. O'sha xujumlarni oldini olish uchun firewall ishlatishingiz mumkin.

Firewall ayrim siz bergan yoki oldindan berilgan qoidalar asosida ishlaydi. Backdoors, Spam, SQL Injection, DDoS va shu kabi ko'plab xujumlarni oldini olishda ham ishlatishingiz mumkin.

Networking haqida ham keyinroq post yozishni reja qilib turibman. Hozircha sizdan "Manejeriz bilan komfliktga tushib qolsangiz nima qilasiz?" deyishsa Hashmap "Firewall" ishlataman deb javob bersangiz bo'ladi.

@otabekswe
Post #435 12.2K
Bloom Filter

Telegram, Google, Instagram kabi tizimlar qanday qilib milliardlab foydalanuvchilar ichidan XYZ username bo'sh yoki olinganligini sizga tez ayta olishiga qiziqganmisiz?

System Design intervyularingizni buzib tashlashni istaysizmi?

Ushbu post aynan siz uchun. Hech qayerda bu mavzu haqida yozilmadi, birinchilardan bo'lganimdan xursandman.

Postni o'qish

@otabekswe
Post #433 8.77K
Linux World (part-II)

Ushbu postda:
- System Control
- Fork bomb xujumi
- Disk Space filler xujumi
- Hackerlik tuzog'imga tushgan do'stim
- Hackerlarni xujumiga qarshi amaliy choralar
...haqida yoritib o'tdim.

Bu narsalarni sizga hech kim o'rgatmaydi. Men esa ko'p xujumlar qilib ko'rgan va ularga qarshi turgan inson sifatida o'z tajribalarimni ushbu postda yoritib o'tdim. (Kernel haqida alohida post bo'ladi)

Postni o'qish

@otabekswe
Post #432 3.39K
Linux World (part I)

Ushbu postda:
- Linux operatsion tizimi haqida
- Qanday qilib tekinga linux container olish haqida
- File System mavzusi
- Access Control mavzusi
- Process Control mavzusi
haqida yoritib o'tdim.

Bu postni bog'cha bolasi o'qib, tushunganiga qoyil qolib yubordi. Siz ham o'qisangiz ko'p amaliyot qilib ko'rsangiz bo'ladi.

Postni o'qish

@otabekswe
Post #431 4.95K
Math is Everywhere

Ushbu maqolada siz:
- Matematikani Algoritmlardagi o'rni
- Matematika bilan Leetcode masalalarini O(1) time da ishlash
- Maktabda sizga o'rgatilmagan sirlar
- Fourier transform formulasi orqali ovozlar bilan ishlash

...haqida yoritib o'tdim. Ketkazgan vaqtingizga achinmasligingiz uchun amaliyotlar va isbotlar qo'shdim.

Postni o'qish

@otabekswe
Post #430 2.98K
#SystemDesign

Justin Bieber post qo’ygan kuni Instagram serverlari dumalab qolardi. (Celebrity problem)

Instagram 2015 yillarda endi rivojlanib tanilayotgan paytlari edi. Millionlab foydalanivchilarni ma’lumotlari SQL databaseda saqlangan. Ammo nega bitta odamni posti serverni qiynab qo’ygan?

Instagram like’lar sonini sanash uchun quyidagiga o’xshash query ishlatishgan:


SELECT count(*)
FROM db
WHERE postId in user.likedPost


Celebrity’larda like’lar soni ko’p bo’lgani uchun uni xisoblash serverga og’irlik qilardi va buzulardi, cache qilishsa ham.

Uni oldini olish uchun Instagram jamoasi database denormalization qilib chiqishadi. Ya’ni likelar sonini doim xisoblash o’rniga, ushbu ma’lumotni alohida tablega saqlab borishadi va real-time update qilishni to’xtatishadi (eventual consistency).

Bu postdan maqsad: dastur yasadingizmi uni foydalanuvchilarga bering. Ular sizni o’rganishga va o’sishga majburlashadi.

@otabekswe
Post #429 2.78K
Big Tech - Coding Interview

Barchani orzusiga aylanishga ulgurgan MAANG kompaniyalaridagi og'riqli jarayon haqida yozishga qaror qildim. Undan oldin esa turli xil shunday kompaniyalarda ishlaydigan do'stlarim bilan ko'p suxbat qildim va ushbu postda tayyorlanish, leetcode, yaxshi yechimlar, tushukunlik va boshqa kerakli ishlarni yozib o'tishga harakat qilaman.

Postni o'qish

@otabekswe
Post #424 2.31K
Signals

Linux operatsion tizimida signallar bor. Ba'zan ularni bilib, ba'zan bilmay ishlatasiz. Ctrl + D ni bosib terminal dasturdan chiqasiz. Ctrl + C ni bosib dasturni interrupt qilasiz. Keling ajoyib qisqa masterpost bilan tushnib olamiz.

UNIX-like tizim ishlatsangiz terminalingizni oching va ps buyrug'ini yuboring. U sizga hozir ishlab turgan processlar ro'yxatini beradi. Oddiyroq qilib aytsak, qachon kompyuteringizda dastur ishga tushirganingizda har bir dastur har xil process (ishchi)da ishlaydi.

PID, TTY, TIME, CMD kabi columnlar beradi. CMD - dastur, PID esa process ID degani. Istalgan PID raqamni tanlang. Endi esa uni to'xtatishni istasangiz, kill buyrug'idan foydalanasiz. Masalan mana bunday:


kill -SIGNAL PID


Signal qismiga uni nima qilishni kiritasiz, misol uchun to'xtat demoqchi bo'lsangiz -3, yoki -9.


kill -9 13488


Har bir signalni o'z ma'nosi bor. Ba'zan dasturni to'xtatib qo'yishingiz ham mumkin. Va keyinroq kelgan joyidan davom ettirishni aytishingiz ham mumkin. Endi dasturlardan chiqish uchun X buttonni emas balkim terminal orqali kill buyrug'ini ishlatsangiz va o'zingizni hacker dek tutsangiz bo'ladi.

Bu haqda albatta keyinroq to'liq post yoziladi, hozircha shunisini o'qib turing!

P.S: Process tejash, resurs tejashdir!

@otabekswe
Post #422 2.08K
Dangasa yechimlar

If-else yoki match-case yozishdan imkon qadar qochishga harakat qilaman. Sababini keyingi postlarda albatta yozib o'taman. Ho'sh uni o'rniga nima yozish kerak deysizmi?If-else yoki match-case yozishdan imkon qadar qochishga harakat qilaman. Sababini keyingi postlarda albatta yozib o'taman. Ho'sh uni o'rniga nima yozish kerak deysizmi?

Albatta vaziyatga qarayman ammo menda uchragan ko'p muammolarni hashmap orqali yechganman. Tasavvur qiling qiymatlar aniq yoki cheklangan muammo bor.
Uni `if-else` yozmasdan yechishingiz kerak. Misol uchun, agar son 2ga bo'linsa "toq", bo'linmasa "juft" degan yozuvni ekranga chiqaring deyildi, xo'sh nima qilasiz?


Ushbu postda juda qiziq interviewda, ishda va ko'p joylarda bergan yechimim haqida yozganman. Ko'pchilikni hayoliga kelmagan yechim bo'lgandi, o'ziyam qiyib qo'yganmanda, o'zimga qoyil 😎

Postni o'qish

@otabekswe
Post #421 1.81K
#Experience
Sizga bir sir ochaman. Yaxshi va yomon dasturchi o'rtasidagi farq quyidagicha deb bilaman:

Yomon dasturchi:
1. Kod yozadi
2. Bug fix qiladi
3. Va yaxshilashni o'ylab ko'radi

Yaxshi dasturchi:
1. Loyihani dizaynini tuzadi va boshqalar bilan discuss qiladi
2. Kod yozib ishga tushiradi
3. Muhtojlik sezilganda yaxshilaydi

Kod yozish hech qachon 1-qadam bo'la olmaydi. Bo'ldimi, demak dastur emas muammo yaratibsiz degani!

@otabekswe
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →