Inson bilgan bor bilimini gapirib bera olmaydi. Gapirib tushuntira olgan narsasini esa, yozib tushuntirishi qiyin.
Anchadan beri blog yozib kelaman, oldin ingliz tilida yozardim, hozir faqat O’zbek tilida yozaman. Bunga asosiy sabab O’zbek tilida ham bunday foydali kontentlarni ko’paytirish.
Blog yozish qiyin. Unga yetarlicha bilim, tajriba va sabr kerak. Chunki uni o’qigan insonlar sizni tushunishi uchun maksimal soddaroq tilda boshlab, keyin ilmiyroq tushunchani yetkazib berib yakunlashingiz kerak.
Yaqin kunlarda yaxshi bloglarni sizlar bilan bo’lishib o’taman. Undan oldin esa bloglar haqida fikr va takliflaringizni so’ramoqchiman.
Men yozgan maqolalar sizga yoqsa, avtorni qo’llab turishingiz, bizga ko’proq blog yozishda va uni ostidagi xizmatkor serverlar xarajatiga katta yordam bo’ladi.
O'z xissangizni qo'shing: tirikchilik.uz/otabek
Post #451
3.77K