TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #697 5.83K
#experience

Ko'pchilik bir xil savol beradi:

"Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi?"

O'zimizniki ham bor, open source modellarimiz ham bor. Nimaga "pre-train" (ma'lumot yig'ib, PyTorch va JAX code bilan neural networkni tuzish, necha qavatli qilish, attention, yashirin dimension lar va hardware ga mos optimizatsiya qilish, keyin katta model uchun distributed system qilish chunki katta modellar bitta GPU ga sig'maydi, Hyperparameter configuration va h.k.z larni hammasini qilish deganida) qilmaysizlar to'liq ham deyishadi. Odatda javobim bunday.

Pre-training juda og'ir jarayon, ayniqsa low-resource (resursi kam bo'lgan) tillar uchun model qilish undanda og'ir. Ma'lumot yig'ish, tozalash jarayonini o'zi sizni butun umrlik qiynoqqa soladi. Biz bunday holatlarda osonroq yo'ldan ketamiz. Bor modelni olamiz, uni shunchaki post-train (fine-tuning) qilamiz. Bu jarayonda model'dagi og'irlik (weight) qayta balans qilinadi. Bu orqali model yaxshiroq o'rganadi eski ma'lumotlarini. Ya'ni ona tili ustozingiz diktantni faqat bir marta qaytarishi aniqlikni oshiradimi, yoki 2-3 marotabami?

Ikkinchi masala bu "compute". Hozirgi paytda bizga Azure, AWS va GCP zo'rga GPU'lar uchun imtiyoz berishgan. Ba'zilarida H100, H200 yoki B200 kabi kuchli videokartalar topishimiz qiyin bo'lsa, ba'zilarida bor ammo juda qimmat. Startup uchun bu og'ir.

Ammo imkon topayabmiz, modellarimizni yaxshilab borayabmiz. Undan tashqari CPU da ham ishlay oladigan modellarni ustida ishlayabmiz. Jarayondan o'rgangan 2 xulosam bor. Biri pre-train jarayoniga. Ikkinchisi post-training jarayoniga tegishli.

Barcha ma'lumotlarni chalkashtirib (shuffle qilib) keyin ularni boshidan oxirgacha teng distrbute qilish juda xato ekan. Model o'rganish darajasini (Learning rate) train jaryoni oxirida pasaytirish, va yuqori sifatli ma'lumotlarni berish kerak. Chunki aynan shu qismi modelni tugashi va post-training boshlanishi bo'ladi. Model ma'lumotni o'rgandi, endi unga bu ma'lumotni to'g'ri tushunish va ishlatishni o'rgatish (post-training) qismida ham sifatini saqlab qolishi uchun oxirgi ko'rgan ma'lumotlari juda sifatli bo'lishi kerak.

Model aldashni o'rganadi. Agar label qilingan ma'lumot faqat yaxshi tondagi javobga mukofot (reward) olsa, demak u cheat code qilishni boshlaydi. U doim muloyim va ishonchli aldashni boshlaydi. Buni natijasida u hallucinate qiladi, asosiy sabab bitta reward tonga (yoki stilga) nisbatan, haqiqatga (mazmun) emas.

RL muhitda bu tarafga qarash uchun modelni objective test qilish kerak, ya'ni natijani tekshirish oson bo'lishi kerak. Misol uchun "kod compile bo'ldi va to'g'ri ishladimi?", "javob haqiqatdan 42 chiqdimi?", "bergan javobi yaroqli JSONmi yoki nimadir qo'shvordimi?" degan savollarga javob topish. Chunki bularni tekshirsa bo'ladi.

Ovozli modellarda ham huddi shu jarayonni avtomatlashtirsa bo'ladi. Faqat ozgina sabr kerak ekan. Biz buni o'rgandik, bir kun yozish ham nasib qilsin. Uxlanglar endi : )
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
  6. Aug 24, 2026🎉 Vibe Talking urfga kiradi Kodni, xabarlarni, va matnlarni qo'lda yozish, o'rta asrlarga…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →