TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #60 1.29K
Dasturlashdagi atamalar jaydaricha tushunchalarda...

🔸 Algoritm - qandaydir murakkab narsa emas balkim biror muammoni hal qilish uchun tuziladigan harakatlar ketma-ketligi.

Misol uchun choy damlash algoritmi:
1. Gazga choy qo'yish va uni qaynashini kutish
2. Choynakga ozgina choy solish va ustidan qaynagan suvni quyish
3. Choy dam yeyishini biroz kutish


🔸 Funksiya - Biror bir qurilma deb olsak bo'ladi. Uni yoqmagunigizcha ishga tushmaydi. Funksiyalarni har qanday texnikaga o'xshatsa bo’ladi misol uchun blender, uni ichiga nimadir solasiz va u sizga unga ishlov berib nimadir qaytaradi.

Dasturlashdagi funksiyalarga ham qiymat berasiz ular esa sizni qiymatingizni ustida amallar bajarib sizga qaytaradi


🔸 Argument - Funksiyaga beriladigan qiymatlarni biz argument deb ataymiz. Jaydarichasiga aytsak blenderga meva solamizku, xuddi anashu mevani o'zi argument.


🔸 Binary - Binar raqamlar bu 0 va 1 dan iborat bo'lgan ikkilik sanoq tizmi. Jaydarichasiga aytganda ularni xisoblash uchun 0 va 1 dan foydalaniladi.

Biz oddiy raqamlarni xisoblash uchun 10 lik sanoq tizimidan foydalanamiz ammo kompyuterlar 2 lik sanoq tizimidan foydalanadi. Misol uchun:

10 lik sanoq tizimini xisoblash: 123 -> (1 * 100) + (2 * 10) + (3* 1)

2 lik sanoq tizimini xisoblash: 1101 -> (1 * 8) + (1 * 4) + (0 * 2) + (1 * 1)


🔸 Programming Language - Dasturlash tili bu oddiy qurol deb atasak bo'ladi. Dasturchi uchun qaysi quroldan foydalanish emas balkim qaysi quroldan qayerda to'g'ri foydalanishni bilish muhimroq.


🔸 Loop - Aylana jaydarichasiga aytganda biror ishni qayta-qayta qilish yohud chaynalib qolgan diskga o'xshab bir so'zni bir necha marta qaytaraverish.


🔸 Variable - O'zgaruvchi yohud ma'lumotlarni saqlab qolish uchun ishlatiladigan so'zlar. Misol uchun kontaktingizga dadangizni raqamini dadam deb saqlab qo'yasizku xuddi o'shani o'zi. Qachonki dadam degan yozuvni ustiga bossangiz u dadam degan yozuvga emas, balkim dadangizning raqami +9989.... ga telefon qiladi.


🔸 Problem - Muammo ya'ni matematikadagi masala deb atasak bo'ladi. Misol uchun matematikada biror masalani ishlaysizku, dasturlashda ham kimnidir muammosini ishlab hal qilib berishingiz kerak bo'ladi.


🔸 API - Restorandagi menuga o'xshaydi. Tasavvur qiling siz ochsiz va nimadir buyurtma bermoqchisiz. Siz restoranga borasiz, menuga qaraysiz va menudan ovqatni tanlashni boshlaysiz. Tanlaganingizdan so'ng ofitsiantga o'sha taomni aytasiz, u esa oshxonaga siz hohlagan taomni tayyorlab berishlarini aytadi. Va ular taomni tayyorlab ofitsiant orqali berib yuborishadi sizga.

API (Application Programming Interface) huddi shunday siz va dastur yoki dastur va dasturni aloqa qilishiga imkoniyat yaratadi.

Qisqa qilib aytganda, API turli xil dasturiy ta'minot dasturlari uchun bir-biri bilan muloqot qilish va ma'lumot almashish usuli, xuddi siz restoranda taom buyurtma qilish uchun menyudan foydalanganingiz kabi.

Hozircha shular ....

@otabekswe
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 28, 2026#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi…
  6. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →