#experience
Yillar davomida o’rgangan ba’zi bilmlarimdan:
- Abstraksiya funksiya yoki servis qanday ishlashiga emas, nima bersangiz nima olishingiz mumkinligiga diqqatingizni qaratadi. Bu ba’zan sizga tizimni murakkabligini soddaroq tushinb qurishga yordam qilsa, ba’zan sizga qimmatga tushishi mumkin. On-call, o’zbek tilida navbatchilik deymiz. Infra, cloud jamoalarda ishlaydiganlar odatda buni yaxshi bilishadi. Aynan navbatchilik paytida bizga yoqmaydigan fundamental “algoritmlar”, “data structure”, “low-level”, “matematika”, “networking”, “database”, “operating systems” va h.k.z bilmlar juda kerak bo’lishini ko’p guvohi bo’lasiz. Insonlar mukammallikdan uzoq bo’lgani kabi, ular yozgan dasturlar, kodlar, kitoblar va asarlar ham huddi shunday ekan.
- Kod yozishdan ko’ra ko’proq kodni o’chirish qiyinroq va ko’proq xavfsizlik keltirar ekan. Shu paytgacha 20 238 qator kod o’chirdim. Jamoa bu ishimdan juda hursand bo’ldi. Pul, asab va energiya tejadik. Qanday? Endi bu servis hech qachon buzilmaydi, biz uni soatlab “nima bo’ldi ekan?” deb kuzatmaymiz/tuzatmaymiz. Ota-bobolarimiz aytganidek “eng yaxshi kod bu yozilmagan kod”.
- Yiqilishdan qo’rqmaydiganlar ko’p yutar ekan. Qiziqishlarim menga juda qimmatga tushgan. Dadam olib bergan o’sha $500 lik kompyuterni chuqalab $50 ga sotganimiz, startup quraman deb cloudga to’lagan oxirgi $4000 pulim, system dizayni amaliyot qilib o’rganaman deb ketkazilgan vaqt (20ta kitob o’qib yodlash mumkin edi bu vaqtga), production’da qilingan xatolik va eksperimentlar, ehh gapirsa tugamaydigandek. Lekin barchasi Otabekni shu yergacha kelishiga o’z xissasini qo’shgan. Dastur muammosiz ishlasa o’smaysiz. Istalgan kompaniya ham shuncha odamni bekorga ishlatmaydi. Xatolar va muammolar bizni bor qilib turibdi, buzishdan qo’rqmang. Ammo buzg’unchi bo’lmang.
- Yaxshi do’stlar ortdiring va qiymat bering. Blog yozib ham do’st orttirish mumkin ekan. Hozirda minglab do’slarim (sizlar) shu blogimni foydasi bor deb o’qishadi. Ba’zilar “qiziqshim oshadi sizni blogizni o’qisam” desa, yana ba’zilar “senior bo’lishda/ishga kirishimda yordam qildi blogingiz” deydi. Ha “nima deyabsan o’zing tushunayabsanmi?” deydiganlar ham topiladi. Ammo foydasi tegayabdi, shunisidan xursandman.
Xullas qisqacha shular.
Post #570
6.96K