TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #560 6.18K
#shortBlog

Isolation ma'lumotlar omborini go'zal tamoyillaridan biri deb bilaman. Bir nechta tranzaksiya bir-birini blok qilib qo'ymasligi uchun ajoyib yechimlar qilingan. Sezganingizdek Pessimistic Locking va Optimistic Locking mexanizmlari haqida gap ketayabdi.

Pessimistic Locking

Tranzaksiya A obyektni o'qishi yoki yozishidan oldin. Unga (Lock) qulf qo'yadi. Agar Tranzaksiya B o'sha obyektni ustida biror ish qilmoqchi bo'lsa, uni tugashini va qulfni olib tashlashini kutishi kerak bo'ladi. Bu yechimni yomon tomoni, agar ko'p tranzaksiyalar bir-birini kutib qolsa (Deadlock), tizim qotib qolishi mumkin.

Optimistic Locking

Multi-Version Concurrency Control mehanizmi yuqoridagi muammoni yanada yaxshiroq yechish uchun qilingan. Men uni Time Travel deb atayman. Nega unday? Chunki biz multi dimension olamda yashaybamiz (quantum physics aytishi bo'yicha). Bu yechimdagi go'zallik, DB barcha tranzaksiyalar qilgan o'zgarishlarni saqlab boradi. Qachonki Tranzaksiya A boshlansa, DB hozirgi holatidan "Snapshot" oladi. Tranzaksiya B ham boshlanib, biror qiymatni o'zgartirsa, u ham o'zidagi versiyani o'zgartirgan bo'ladi. Tranzaksiya A ga hech qanday zarar o'tmaydi. Read qilayotganlar ham, Write qilayotganlar ham bir-birini blok qilmaydi.

Bu ikkisi ham trade-off. Pessimistic Locking'da tizimni qotirib qo'yishingiz mumkin bo'lsa, Optimistic Locking'da juda ko'p xotira ishlatishni boshlaysiz. Undan tashqari Timestamp Ordering, 2PL, SSI, DCC, Token-Based / Lease-Based kabi yechimlar ham bor. O'rganishni maslahat beraman. System Design intervyularda o'qigan kitoblaringiz emas, texnik bilmlaringiz va ularni ishlata olishingiz ko'proq azq otadi.
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 28, 2026#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi…
  6. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →