#experience (1-qism)
Senior darajadan keyin sizda odatda 2ta yo'l bo'ladi (kompaniyaga qarab). Biri Management (odamlar bilan ishlash), boshqasi Staff (texnik liderlik). Ikkisida ham o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Biz ushbu postda Staff Engineer yo'li haqida gaplashamiz.
Staff Engineer bizni kompaniyada 3ta eng asosiy narsaga qarab tanlanadi.
- U bog'liq tizimlarni yaxshi tushunadi (Ownership scope)
- U kompaniyaga nima foyda olib kelishini ko'ra oladi (Impact)
- U bir necha komandalar bilan ishlay oladi (Collabration)
Ishga ilk bor kirganimda onboarding jarayoni uchun 3 oy vaqt berilgandi. Shu 3 oyni men 2 qismga bo'lib chiqdim. 1-oy asosan onboarding bosqichini tugatish. 2 va 3-oy jamoamiz ishlaydigan tizimlarni arxitekturasini ko'rib, undagi komponentlarni o'rganib chiqish. Asosan bergan savolim "why" bo'lgan, "how" emas.
Nega "why"?
Tizmlar va undagi komponentlar nega mavjudligini bilish boshqa ishlardan ancha muhimroq. Nega aynan bu komponent yaratilgan? Nega u bunday algoritm asosida ishlaydi? Nega u error'larni bunday handle qiladi? Bu savollar ancha ko'proq qamrovda savollarga javob bera oladi. Agar shuni "how ...?" ga o'zgaritganimda men tizim qanday ishlashi va qanday handle qilishini bila olardim xolos. Bu faqat texnik savollarga javob beradi xolos, ammo qarorlarni kelib chiqish sababiga hech qachon javob topa olmaysiz. To'g'risini aytaman, tizimlarni qanday ishlashini bilish sizni qimmatbaho dasturchi qilmaydi, chunki bu yodlanadigan bilm, qayta ishlatiladigan bilm emas.
What makes you best engineer?
Men bilgan eng zo'r injinerlarni hammasida 2ta odatni ko'raman. Debugging va yozish. Debugging shunchaki koddagi xatolikni topish emas, balkim tizimni qanday ishlayotganini ko'ra olish degani. Katta tizmlarni yaratish oson bo'lishi mumkin, ammo ularni tuzatish ancha murakkabroq. Tizimni qayerida xatolik bo'layotganini topish va uni ertaroq oldini olish juda katta tajriba talab qiladi. Yaratishdan ko'ra debug qilishga ko'proq vaqtingiz ketadi odatda.
Debug qildingiz endichi? Endi ularni log qilib qo'ying. Ha biror daftaringizni oching va shu xatolik nimaga, qanday sodir bo'lgani va uni tuzatganingiz haqida to'liq yozib qo'ying. Bu juda muhim. Bilmlar xiralashadi. Bugun aniq detallarini ayta olasiz. Ammo kunlar o'tgan sari siz kam-kamdan mayda detallarni unutib boraverasiz. Yozganingizni ertaga o'qib oson yodga solasiz. Yozishni foydalari ko'p. Yozayotganda yaxshiroq yechimlar ham kelishi mumkin (shaxsan o'zimda shunday bo'lib turadi). Yozganingizni ulashish ham osonroq bo'ladi. Yozing.
Post #533
6.09K