#experience
Yaqinda jamoamiz Dropbox va OpenAI bilan integratsiya qilish ustida ishladik. Bizni vazifamiz ML muhit (environment) yaratish kerak edi. Aniqroq qilsak OpenAI ChatGPT'ni Dropbox serverlarida ishga tushirish haqida gap ketayabdi. Nimalarni o'rgandim:
ML environment deganda hayolingizga istalgan katta LLMni deploy qilish, train qilish, kerakli ma'lumotlarni olib o'tish va kerakli dasturlarni run qila olish imkonini beruvchi tayyor infrastruktura kelishi kerak. Buning uchun biz juda ko'p resurs ajrtadik. GPU haqida eshitgandim ammo TPU (Tensor Processing Unit) haqida eshitmagandim, buni ham o'rganib oldim. Btw, OpenAI ni Python ko'tarib turibdi ekan. Pythonchilar bir yayrasin : )
Secuirty for AI haqida ajoyib hikoyalar eshitdim. Adversarial attacks, Data poisoning, model stealing va privacy attack haqida ko'p gap ketdi. Maqolalar o'qib ularni tahlil qilib chiqdik. AI'ga user qo'pol so'zlar aytsa yoki so'kinsa AI sizni qaytarib so'kmasligi ham security ekan, qiziq. Prompt hacking ham ozgina ko'rib chiqdik.
Yana bir qiziq o'rgangan narsam AI for security bo'ldi. Ya'ni AI'ni kiber xujumlarni qaytarishda ishlatish, misol uchun tarmoqdan kelayotgan nomalum so'rovlar, phishing email'larni topish va h.k.z. Bunday business modellar juda kam, hozir boshlasangiz yaxshilardan biriga aylanishingiz mumkin ekan.
AI deploy qilayotganda uni izolyatsaladik, firewall bilan in va out trafiklarni chekladik. To'g'ri OS tanlash ham muhim ekan bu yerda. AI faqat API bilan ishlaydi, firewall kirayotgan va chiqayotgan trafikni to'liq nazorat qiladi. Modelni og'irligi (weight) bu uni bilimi degani. Uni ham encrypted storage'da saqlash kerakligini o'rgandik. Ancha praktikaga boy bo'ldi. Katta modeldan kichik model yasashni ko'rib chiqdik. Bu orqali ancha cost va performance optimization qilsa bo'lar ekan.
Xulosa:
Eng katta xulosam AI yaxshi yordamchiligicha qoladi. Eng yaxshi injenerlar yaxshi debuger'lar ekan. AI debugging da juda oqsaydi. Debug qilishni o'rganing. Agar hali ham AI'dan kodingizni debug qilishini so'rayotgan bo'lsangiz, juniorlik zindoniga bir umr ravona bo'lasiz.
Post #524
4.68K