Google'ga yo'q dedim.
Ha, noto'g'ri eshitmadingiz, Google bergan taklifni rad qildim. Qancha yoshlarni orzusi bo'lgan kompaniyaga men rad javobini berdim.
Google bilan pishirgan ilk oshimiz o'tgan yili bo'lgandi. Kompaniyadan ishga taklif kelgan ammo L4 (middle) lavozimiga, Dropbox taklif qilgan IC4 (Senior) lavozimi balandroq bo'lgani uchun Google bilan karyeramni davom etmadim.
Ammo Google bas kelmadi, men uchun Tizim Dizayni intervyusini tashkil qilib berdi. Undan yaxshi o'ta oldim, bu safar L5 (Senior) lavozimiga taklif oldim, ammo Dropbox IC5 (Staff) lavozimga taklif bilan Googleni ortda qoldirdi yana.
Google'dan keyingi qadamni kutib qolaman.
Google'dagi akalar, rekruiterlarga aytinglar, yaxshi oylik va sharoit qilib bersa boraman.
Post #522
5.78K
