Problem
Har qanday kompaniyada "onboarding" jarayoni bor ya'ni sizni kompaniya, jamoa, muhit, va ish qurollari bilan yaxshilab tanishtirishadi. Mobal.io kompaniyasidan oldingi barcha ishlagan joylarida o'zimga bir xil gapni takrorlar edim:
- Tezroq hamma narsani o'rganishim va code contribution qilishim kerak!
Biror yangi mavzuni o'rgansam "obsessed" bo'lib qolar edim. Kunlar emas, haftalarni sovurib yuborardim. Bunga asosiy sabab bu berayotgan xato savollarim bo'lardi:
- How it works (internally)?
- Why it works (that way)?
Experience
Bu qilgan qarorlarim xatoligini kech tushundim. Ba'zilari esa menga juda qimmatga tushgan. Texnologiyalarni ichini qanday ishlashini tushunish yoki yodlab olish sizni Senior qilib qo'ymaydi. Texnik bilimlarni kuchliligi sizni Senior qilib qo'ymaydi. Ishonavering, Senior bo'lish uchun ko'plab omillar kerak, yaxshi komunikatsiya, jamoa bilan ishlay olish, to'g'ri paytda to'g'ri yechim qilishni ko'ra olish va boshqa (Soft skill) tajribalar ham talab qiladi. Men buni kech angladim.
Solution
Onboarding vaqtida sizdan hech kim, hech qanday ortiqcha ishlar kutmaydi. Siz shunchaki o'zingizdan ko'p narsa kutishingiz mumkin. Jamoa sizni tezroq moslashishingizga yordam berish uchun doim tayyor bo'ladi. Ko'p vaqtingizni tejamoqchimisiz? Unda ushbu 2 savolni bering:
- What and Where?
- Bu servis o'zi nima?
- Nimaga mavjud?
- Qayerda ishlatishim kerak o'zi buni?
... degan savollar to'g'riroq bo'ladi. Har qanday kompaniyada ko'plab texnologiyalar va servislar ishlatiladi. Ularni nimaligi, qayerda ishlatishingizni bilish, sizga boshqa bilimlardan ustunroq xisoblanadi.
Muhtojlik xis qilmaguncha tegmang. Ha bu xuddi "kod ishlayabdimi, demak tegmang" degan gapdek eshitiladi va bu juda to'g'ri fikr. Siz servislarni optimizatsiya qilaman deb ishlab turgan narsani buzishingiz mumkin. Bu esa ishlab turgan biznesni buzishdek gap. Buni premature optimization deyishadi (kerakmas bo'lsa ham optimizatsiya qilish).
Ko'plab muvaffaqiyatli startup'lar o'zlari ishlatayotgan servis yoki texnologiyalarni to'liq yoki qisman bo'lsa ham tushunishmaydi. Ammo ular bu servis/texnologiyalarni qayerda ishlatishni, qanday ishlatishni bilishadi.
Dropbox'ga ilk bor qo'shilganimda Networking & Automation Team a'zosi edim. Asosiy loyihalarimiz ko'lami cheklangan edi. Ko'p jamoalar, tizimlar bilan ishlash uchun loyiha berishdi. Jamoani bu tizim/texnologiya bilan tajribasi yo'qligi va men ularni o'rganib, tadbiq qila olishim ham ko'p qo'l keldi. Bu tizmlarni qanday ishlashini aniq bilmayman, ammo ularni ishlatish bizdagi muammoni yecha olishini sezib turar edim. Bu ish ham promotion olishga katta xissa qo'shgan. Bilaman boshqa omillar ham bor, misol uchun ko'plab TechTalk'lar berish va jamoalarni bilmlarini oshirish ayniqsa juda katta role o'ynaydi. Kompaniyamiz CTO'si bilan tanish bo'lishim ham sababchi bo'lishi mumkin : )
Post #509
6.43K