TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #473 4.26K
#experience

Twitterda, boshqa kichik chatlarda va savollar ichida eng mashxurlaridan biri bu dasturlash tili tanlash haqida bo'ladi. Men o'z tajribamdan kelib chiqib sizga bir maslahat bermoqchiman.

Agar siz kamroq xato qilishni va kod yozishni, ko'proq va tezroq natija olishni istasangiz JavaScript va Python eng zo'r tillar xisoblanadi.

Dasturlaringizda kamroq bug'lar chiqishini va yaxshiroq ishlashini istasangiz sizga qattiqo'l va ma'lumotlar turiga juda qattiq e'tibor beradigan til kerak bo'ladi, misol uchun Java. Java ham interpreted ham compiled til xisoblangani uchun interpreted tillarga nisbatan tezroq va xavfsizroq.

Agar sizga xotira bilan ishlay oladigan (pointers) ammo GC (Garbage collector) til kerak bo'lsa demak siz Go ni tanlashingiz kerak. Go juda tez va juda ko'p boshqaruvni o'zingizga olishingiz uchun imkoniyat beradigan tillardan. Shuning uchun siz Java ni emas balkim Go ni ko'plab infrastruktura leveldagi dasturlarni ishlab chiqishda ishlatilayotganini ko'rasiz.

Agar sizga real-time ishlaydigan va juda tezkor dastur qurish kerak bo'lsa GC'dan voz kechgan tillarni tanlashigniz kerak misol uchun Rust va C++. GC mavjud bo'lgan tillarda dasturingiz orada pauza qiladi, chunki xotirani scan qilib undagi keraksiz ma'lumotlarni tozalash ham katta resurs xarajat qiladi. Shuning uchun ham Telegram C++ ni tanlgan (boshqa sabablar ham bor albatta).
GC ni ko'p kamchiliklari bor aynan gap performance va resource usage haqida ketganda


Meta programming yoqtiradiganlar bor bo'lishi mumkin. Qoidalar yozish, xotira boshqaruvi, system call'lar, embedded system bularni barchasi uchun C va Zig ideal til. Ammo bu tillar bilan o'zingizga pichoq tiqib olishingiz ham mumkin, juda ehtiyotkorlik talab qiladi, chunki bularda hech qanday chegara yo'q.

Perfeksionistlar uchun Haskell tavsiya qilinadi, bu til haqida boshqa gap yo'q menimcha ; )

O'ta performance shaydosi va sabrli bo'lsangiz, COBOL yoki Assembly da kod yozing.

Bu fikrlar 100% to'g'ri bo'lmasligi mumkin, ammo shaxsiy tajribamdan ko'rganlarimni bo'lishdim, siz nima fikrdasiz?
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 28, 2026#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi…
  6. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →