#experience
Kecha qiziq ishlar bo'ldi. Jamoada ansible bilan file transferda muammo bo'layotgani, bandwith oshib ketgani haqida aytishdi. Ya'ni muammo juda ko'p fayllar tarmoqda transfer bo'lsa bandwith oshib ketayotgan ekan. Bu muammoni o'z zimmamga oldim. Ozgina research qilib, bergan yechimim jamoani qiziqtirdi. Muammoga yechimni juda oddiy tilda yozdim: compress (archive all files) before sending
Yechimni discuss qildik va ba'zi pointlarga to'xtalib o'tdim. Bir nechta fayllarni yuborish o'rniga barchasini (compress) archive qilib yuborish yaxshi idea bo'ldi. Jarayonni to'liq test qilib ko'rdik, natija 1 minutdan -> 20 sekundga tushdi. Boshida HTTPS beradigan TLS xavfsizligi yaxshi deb turgandim. Ammo bu faqat file transfer vaqtidagina xavfsiz, fayl manzilga tushgandan keyin u ochiq bo'lishini aytishdi. Ba'zi fayllarni hech kim ocholmasligi kerakligi uchun uni Private (va Public) keydan tashqari encrypt/decrypt qilish uchun imkoniyat qo'shdim.
Kattaroq va ko'proq fayllar bilan sinab ko'rdik (log, va juda ko'p config fayllar bilan), natija juda zo'r. Eski holatdagi o'tkazish uslubi 3 minut oldi. Yangi xolatdagi o'tkazish esa 43.12 sekund. Compression algoritmlari haqida yana ham ko'proq narsa o'rganib chiqdim, qiziq tajriba bo'ldi.
Qiziq narsa eshitdim: Lucerne shahridan Zurich shahrigacha har kuni poyezd orqali 1TB ma'lumot berib yuborilar ekan. (Esimda qolmadi nomi) Qanaqadir labaratoriya va uni tahlil qiladigan korpuslar boshqa-boshqa joyda joylashgani uchun, tarmoq orqali ma'lumotni yuborgandan, uni poyezda yuborish tezroq bo'lar ekan. Chunki uni hali process ham qilish kerak, unga ham vaqt oladida.
Updated:
Katta Data Center levelda ham test qilib ko'rdik, natija 1000x bo'ldi. Ya'ni bu yerda time complexity O(days) -> O(minutes) o'zgardi.
Post #464
10.3K