TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #416 1.76K
Faqat o'rganishdan foydaliroq

Tez-tez postlar ostidagi kommentlar, guruhlardagi yoki biror insonlar bilan bo'lgan suxbatlarda "o'rganayabman" degan gapni eshitib qolaman. Xo'sh buni nimasi yomon deysizmi, hozir tushuntiraman.
Sotti, anovi o'lgurni qulog'ini burab qo'y


Leetcode yechishdan oldin Ma'lumotlar strukturasi va Algoritmlar mavzusini o'rganish kerak deysizmi, bo'lmagan gap. Shaxsan men va men bilgan ba'zi insonlar leetcode yechishdan oldin faqat dasturlash tili va matematikani bilgan xolos. Muammolarni yechish uchun sizga Ma'lumotlar strukturasi va Algoritmlar o'rganish umumman kerak emas, ammo zo'r yechimlarni berish uchun o'rganish albatta kerak. Chunki umringizni Brute Force yechim berish bilan yaxshilay olmaysiz.

Backend, Frontend, Networking, Database, System Design va h.k.z. mavzularida ham huddi shunday narsa aniq ishlaydi. Loyihalar qilmoqchimisiz, ularni tahlil qiling, avval rejasini tuzing va eng oxirida kod yozishga o'tiring. Kod yozish qochib ketmaydi. Avval qanday ishlashi kerakligini tahmin qilib rejasini qilib olsangiz bo'lgani.

Tez kunlarda ajoyib loyihani taqdim qilaman, aloqada bo'lib turing. Umringizni faqat o'rganish bilan sarflamang, uvol qilasiz. Umringizni o'rgatish, ishlatish, va bajarish bilan o'tkazing!

Bilganingiz emas, bajarganingiz foyda keltiradi.


@otabekswe
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 28, 2026#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi…
  6. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →